Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:24

IIV mayori: 15 yildirki, menga pensiya berishmayapti!


IIV tizimida turli lavozimlarda 20 yildan ortiq ishlaganini aytgan buxorolik militsiya mayori Sayfiddin Bozorov unga pensiya to‘lanmayotganidan shikoyat qildi.

Bozorovning arzicha, u 2005 yilda shaxsiy hayotiga aloqador sabablar bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan, ammo uning arizasi tegishli tartibda inobatga olinmagan.

Ozodmikrofon rukniga da’vo qilishicha, ayni sabab bilan u 15 yildirki, pensiya ololmayotir.

- Men IIV shaxsiy tarkibida ishladim, mayor darajasiga erishdim. Keyin oilaviy sabablar bois, o‘z ixtiyorim bilan ishdan bo‘shash haqida bildirgi yozib, topshirdim. Ana shu bildirgi keyinchalik tegishli tartibda ishlovga olinmagan. Mana hozirgacha mening ishdan bo‘shaganim haqida buyruq yo‘q. Mana hozirgacha pensiya beringlar, deb kelayapman, ammo ular turli asossiz hujjatlar ko‘rsatib, mening talablarimni qondirishmayapti. Oliy sudgacha chiqdim, ammo natija yo‘q - deb da’vo qiladi Bozorov.

Quyida Bozorov bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

ИИВ майори: ходимлар хатоси боис, 15 йилдирки, пенсиядан маҳрумман!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:54 0:00
Бевосита линк


IIV mayori Sayfiddin Bozorov o‘z shikoyatiga ilova tariqasida vazirlikdagi xizmati va unvonlari haqida hujjatlar, shuningdek, ayni muammo yuzasidan unga yo‘llangan javoblarni ham taqdim qildi.

Quyida ana shu hujjatlardan ba’zilari bilan tanishing:


* * * * * * * * * * * * * * * * *
OzodMikrofon​ rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG