Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:49

O‘zbekiston adliya tizimidan adolat topmagan sobiq IIB boshlig‘i Donald Trampga maktub yozdi


Farg‘ona shahrida yashovchi 39 yashar sobiq IIB boshlig‘i, “davlat sirlarini oshkor qilishda” ayblanib qamalib chiqqan militsiya mayori Dilmurod Madaliyev AQSh prezidenti Donald Trampga 19 avgustda yozgan maktubida “nohaq jazoga tortilganidan” arz qildi.

O‘z maktubida sobiq militsioner¸ joriy yilda jazoga tortilgan prokuratura amaldorlarining qurboni bo‘lgani iddao qilgan. Madaliyev AQSh prezidentidan o‘zi ustidan chiqarilgan sud hukmi bekor qilinib, nomi oqlanishiga ta’sir ko‘rsatishni so‘ragan.

Ozodlik bilan suhbatda Dilmurod Madaliyev AQSh prezidentiga bu maktubni yozishdan oldin O‘zbekiston huquq-tartibot organlari va sud organlariga "300 marta qilgan murojaatiga javob ololmaganini" aytdi.

Sobiq IIB boshlig‘i Dilmurod Madaliyev va prezident maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov
Sobiq IIB boshlig‘i Dilmurod Madaliyev va prezident maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov

2011 yil boshida Farg‘ona shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Madaliyev ayni yilning may oyida Jinoyat kodeksining 162- moddasida ("Davlat sirlarini oshkor qilish") nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib hibsga olingan va sud hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Madaliyev shu muddatdan 6 yilini o‘tab, ozodlikka chiqdi.

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan ayblov xulosasida Madaliyev maxfiy xujjatlarni o‘z qo‘l ostidagi xodimga iznsiz ko‘rsatganligi aytilgan.

Bu hujjatlarda qanday maxfiy ma’lumot borligi ayblov hujjatida keltirilmagan.

Madaliyevning o‘zi esa¸ Farg‘ona shahar IIB sida hech qanday maxfiy hujjatlar bo‘lmagani va bu ayblov tuhmat ekanligini iddao qildi.

Farg‘ona shahar IIB sobiq boshlig‘i Ozodlikka o‘zini prokuratura xodimlari qurboni hisoblashini aytdi.

Madaliyevga qarshi ayblovni ilgari surib, IIB boshlig‘ining uzoq muddat qamalishini “ta’minlagan” prokuratura xodimlari joriy yilda korrupsiya¸ poraxo‘rlik va xizmat vazifasini suiiste’mol qilganlikda ayblanib jazoga tortilgan edi.

Joriy yilning iyunida O‘zbekiston prokuraturasi sobiq amaldorlari - Ulug‘bek Sunnatov 19 yilga, Ulug‘bek Xurramov 14 yilga, Jamshid Fayziyev 13 yilga, ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Shuningdek, Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov hibsga olinib, sudga tortilgani haqida Ozodlik habar bergan edi.

Sobiq IIB boshlig‘i Dilmurod Madaliyevning “jinoyat ishi”ga oid hujjatlarda aynan shu shaxslarning imzolari mavjud.

Madaliyev “bu mulozimlarning poraxo‘rligi va maishiy buzuqligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgani bois ularning o‘ch olish nishoniga aylanganini” iddao qildi.

Iddaoga ko‘ra¸ bu mulozimlarga Farg‘onadagi huquq-tartibot xodimlari har oy katta miqdorda pul to‘plab berib turganidan Madaliyev habardor bo‘lgan.

Madaliyevning Ozodlikka aytishicha¸ “bu amaldorlarning jazolangani adolat tantanasi bo‘ldi, ammo ular o‘ch olish uchun qamatgan odamlarning“ ishi qayta ko‘rib chiqilmagani bu adolatga soya solmoqda.

- Men AQSh investitsiyalari o‘zbek iqtisod tizimidagi shaffoflik evaziga kiritilayotganidan xabarim bor. AQSh O‘zbekiston huquq -tartibot va sudlov tizimlari rivoji uchun ham moddiy ko‘mak bermoqda. Bu ko‘mak ham xuddi iqtisodda bo‘lgani kabi huquq-tartibot va sudlov tizimlari reformasi va shaffofligi evaziga berilishi kerak deb hisoblayman. Donald Trampga yozgan maktubimda shunga e’tibor qaratdim,- deydi sobiq IIB boshlig‘i.

Madaliyev Trampga yo‘llagan maktubda, jumladan, bunday deyilgan:

“Muhtaram prezident Donald Tramp! Sizga yozishdan oldin O‘zbekistonda adolatli sudlov tizimi mavjudligiga ozgina umidim bor edi. Ammo bugunga kelib menda O‘zbekistonda nohaq qamalganlarning ishi qayta ko‘rib chiqilishiga zarracha ishonchim qolmadi. Meni “siyosiy dissident“ deb ayblayotgan mulozimlar murojaatlarimni e’tiborsiz qoldirishmoqda”.

O‘zbekiston Oliy sudining Dilmurod Madaliyevga uning shikoyati yuzasidan bergan javob xatida “Sud qarorini o‘zgartirish uchun asoslar mavjud emasligi” aytilgan.

Ayni shakldagi xulosani O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham bergan.

Madaliyevning aytishicha¸ uning maktubiga AQSh prezidenti Donald Trampdan hali javob kelmagan:

- Javob kelishiga¸ mening ishim qayta ko‘rilishiga va nomim oqlanishiga ishonaman. Aybdorlar jazolandi¸ endi navbat ularning qurbonlari zimmasidan tavqi la’nat olib tashlanishida qoldi. Donald Tramp gapini o‘tkaza oladigan siyosiy iroda egasi sifatida, bir o‘zbek militsionerining nomi oqlanishiga hissa qo‘sha oladi, deb o‘ylayman.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimining 3 sentabrda Ozodlikka bildirishicha¸ maktub egasi bayramdan keyin o‘z murojaati yuzasidan bildirgi oladi.

XS
SM
MD
LG