Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:49

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq rahbarlari 12 yilga qamaldi


Suratning chap tomonida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq boshlig‘i Ravshan Ibragimov. Suratning o'ng tomonida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev.
Suratning chap tomonida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq boshlig‘i Ravshan Ibragimov. Suratning o'ng tomonida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 19 avgust kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq rahbarlariga hukm o‘qildi.

Oliy Sudning 20 avgustda bildirishicha, Tashqi mehnat migratsiya agentligining sobiq rahbari Ravshan Ibragimov va agentlik rahbarining sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Nazarovning har biri 12 yildanga, agentlikning sobiq bo‘lim boshlig‘i Alijon Abdullayev va Jo‘nab ketishdan oldingi moslashtirish va o‘qitish markazining sobiq direktori Ozod Maxsudovlar 11 yildanga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bundan tashqari agentlikning sudlangan sobiq rahbarlari qamoqdan chiqqach 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Mazkur shaxslarga nisbatan sud jarayoni boshlangani haqida 15 aprel kuni Oliy sud rasman ma’lum qilgandi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rahbarlari 2018 yilning oktabrida korrupsiyada ayblanib ommaviy ravishda qamoqqa olingandi.

Ozodlik radiosi 2018 yilning noyabr oyida agentlik rahbarlari katta miqdorda pora olganlikda ayblanib qo‘lga olinganini xabar bergan edi.

Ozodlik manbalari 14-20 noyabr kunlari Migratsiya agentligining 20 ga yaqin rasmiysi Koreyaga ishga ketayotganlardan 20 million dollar pora olganlikda gumonlanayotganini aytgan edilar.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ismi ochiqlanmasligini so‘ragan mulozimi 2018 yilning 26 noyabrida Ozodlikka Tashqi migratsiyaning hibsga olingan rasmiylari yil davomida har bir viloyatdan kamida 400 tadan odamga Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgani va ularning har biridan kamida 5000 AQSh dollari miqdorida pora olgan jinoiy guruhga boshchilik qilganlikda gumonlanayotganini aytgan edi.

Mazkur xabarni oradan bir necha kun o‘tgach, Bosh prokuratura tasdiqlagan.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, agentlikning sobiq rahbarlari pora olish, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, kompyuter axborotlaridan qonunga xilof ravishda ruxsatsiz foydalanishda ayblangan.

XS
SM
MD
LG