Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:20

O‘zbekistonlik 52 odam yonib ketgan avtobusning egasiga sud hukmi o‘qildi


Yonayotgan avtobusdan faqat 5 kishi – avtobusning 3 haydovchisi va o‘zbekistonlik 2 yo‘lovchi qochib chiqishga ulgurgan.
Yonayotgan avtobusdan faqat 5 kishi – avtobusning 3 haydovchisi va o‘zbekistonlik 2 yo‘lovchi qochib chiqishga ulgurgan.

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariag‘ish tuman sudi 2018 yilning yanvarida Aqto‘be viloyatida 52 o‘zbekistonlik tiriklayin yonib ketgan avtobus egasini uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Turkiston viloyat sudining 13 avgust kuni bildirishicha, tuman sudi jabrlanuvchi tomonning da’vosini qisman qanoatlantirgan holda, 46 yoshli O‘rduxan Mextiyevni “avvaldan texnik nosoz ekani ma’lum bo‘lgan transport vositasini ekspluatatsiyaga chiqarish”da aybdor deb topdi. Hukmga asosan Mextiyev jazo muddatini manzil koloniyasida o‘taydi.

Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan O‘rduxan Mextiyev sudda o‘ziga bildirilgan ayblovni tan olmasligini aytdi. Unga nisbatan sud jarayoni 24 aprel kuni boshlangan edi.

2018 yilning18 yanvar kuni Samara-Chimkent avtoyo‘lining Aqto‘be viloyatidan o‘tadigan qismida avtobusda ketayotgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi tiriklayin yonib ketgandi. Yonayotgan avtobusdan faqat 5 kishi – avtobusning 3 haydovchisi va o‘zbekistonlik 2 yo‘lovchi qochib chiqishga ulgurgan.

Bu voqeadan so‘ng avtobus egasi Orduxan Mextiyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan, biroq u O‘zbekistonga qochib o‘tib, yashiringan. Shundan so‘ng u xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Orduxan Mextiyev esa 2018 yilning 20 noyabrida, ayrim xabarlarga qaraganda esa 1 dekabrda Toshkentda qo‘lga olingan. U 26 dekabr kuni Qozog‘istonning Chimkent shahriga ekstraditsiya qilingan

Aqto‘be sudi o‘tgan yil 9 noyabrda avtobusning uch haydovchisining har birini besh yildanga ozodlikdan mahrum etgan. Sud ularni ehtiyotsizlik oqibatda odam o‘ldirish va avtobusda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzishda aybdor deb topgan edi. Haydovchilarga halok bo‘lgan har bir odamning oilasiga 2 million tangadan tovon puli to‘lash majburiyati ham yuklatilgandi.

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi yo‘lda avtobus ichida tiriklayin yonib ketgan 52 nafar o‘zbekistonlikning yaqinlari mazkur ish yuzasidan o‘tkazilayotgan sud jarayonida har bir sudlanuvchidan 150 million tangadan tovon puli talab qilgan edilar.

Qozoq matbuotining yozishicha, o‘zbekistonliklar talab qilgan tovon pulining umumiy miqdori 7 milliard 800 million tangani yoki 21 million dollardan ortiqni tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG