Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:36

"O‘zbekiston” radiokanali sobiq muharriri Kiyevda ochlik e’lon qilganini bildirdi


Narzullo Oxunjonov
Narzullo Oxunjonov

"O‘zbekiston” radiokanali “Yangi jamiyat” studiyasining Siyosiy, huquqiy va ma’rifiy eshittirishlar bo‘limi sobiq mudiri, 2013 yili O‘zbekistonni oilasi bilan tashlab chiqqan Narzullo Oxunjonov 12 avgust kuni hozir yashab turgani shahar – Ukraina poytaxti Kiyev shahrida ochlik aksiyasi boshlaganini e’lon qildi.

Narzullo Oxunjonovning iddao qilishicha, BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissarligining Ukrainadagi vakolatxonasi uning va oilasi a’zolarining muammolarini hal qilmyayapti – ularni uchinchi davlatga chiqarib, boshpana bilan ta’minlamayapti va natijada ularning huquqlari buzilmoqda.

Oxunjonovning Ozodlikka bildirishicha, u o‘z aksiyasini boshlashi bilanoq uning ishi bilan shug‘ullanayotgan xalqaro tashkilot vakillari kelgan va masalasi o‘rganilayotganini unga ma’lum qilgan.

- Lekin men aksiyani muammomiz hal bo‘lgunicha davom ettiraveraman, dedi Oxunjonov.

Kiyevda ochlik aksiyasini boshlagan o‘zbekistonlik jurnalist Narzullo Oxunjonov Islom Karimov davrida "MXX bosimidan qochib mamlakatni tark etganini" bugun ham takrorladi. Biroq o‘shandan beri davlat rahbari o‘zgardi, binobarin vaziyat ham o‘zgardi, bas shunday ekan, O‘zbekistonga qaytaversa bo‘lmaydimi?

Ozodlikning shu mazmundagi savoliga Narzullo Oxunjonov keskin rad javobini berdi. Uning fikricha, “O‘zbekistonda vaziyat o‘zgarmagan, jurnalistlarga bosim Karimov davrida qanday bo‘lgan esa, hozir ham shunday”.

Narzullo Oxunjonov bilan muloqotni tinglang:

Нарзулло Охунжонов билан мулоқот
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:43 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG