Линклар

Шошилинч хабар
19 август 2019, Тошкент вақти: 23:49

OzodTa'sir: "Uch oylik maosh berildi, lekin muammo yechilmay qoldi"


Ohangarondagi shifer zavodi

“Ohangaronshifer” aksiyadorlik jamiyatining o‘nlab ishchisi 19 iyul kuni zavod darvozasini payvandlab qo‘yib, zavod direktori va yuk mashinalarining kirish-chiqishini to‘sib qo‘ygani haqidagi Ozodlik maqolasidan so‘ng, ishchilarning uch oylik maoshi to‘lab berildi.

Bu haqda Ozodlikka korxona ishchilari xabar qildi:

"Ozodlik radiosida 2019 yil 23 iyulda «Ohangaronshifer» aksiyadorlik jamiyatidagi muammolar haqidagi eshittirishingiz natijasida biz oddiy ishchilarning qo‘li nihoyat pul ko‘rdi.

Korxona ma’muriyati nafaqat ikki oylik, balki yana 150 ming so‘mdan avans puli xam berdi. Sizlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!Bundan oldin bizlar juda ko‘p joylarga va Prezidentga xam ko‘p bor murojaat qilgan edik va hech qanday natija bo‘lmagandi".

Ishchilarning yozishicha, maosh berilgani yaxshi bo‘lganu, lekin muammolar hal bo‘lmay qolyapti:

"Biroq korxonada hali muammolar juda ko‘p.Oylik ish xaqimiz bor-yo‘g‘i yuz dollar atrofida va hech qanday ijtimoiy kafolatlar berilmaydi.

Yuqoridan korxonaga nobop kadrlarning yuborilishi natijasida korxona bankrot yoqasiga kelib qolgan. Buning eng asosiy aybdorlari "O‘zqurilishmateriallari" AJ boshqaruvi raisi B.Zaripov hamda O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Xaydarov janoblaridir va ular hech qachon xalq fikrini hisobga olmaydilar va xalqni bir tiyinga olmaydilar. Albatta ular chiroyli gapiradilar, biroq gaplari va ishlari bir-biriga teskaridir

Sizning chiqishingizdan so‘ng korxonada ta’qib boshlandi. Ya’ni, o‘sha kungi muammoni gapirgan ishchilar Ilhom Ortiqov va Shokir Xudoyberdiyevlarni korxona ma’muriyati ishdan bo‘shatishga harakat qilmoqda.

Biz 2019 yil 24 iyulda O‘zbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbariyatiga xat jo‘natgandik va bunga ham hech qanday javob bo‘lmadi. Sizdan yana ko‘mak so'raymiz deb bir guruh ishchilar"

Ohangarondagi shifer zavodi ishchilari imzosi
Ohangarondagi shifer zavodi ishchilari imzosi

​Ozodlik 23 iyul kuni “Ohangaronshifer” aksiyadorlik jamiyatining o‘nlab ishchisi ish haqi berilmayotganiga norozilik bildirib, zavod darvozalarini svarkalab tashlagani haqida xabar bergan edi.

Ozodlikka voqea joyidan video yuborgan ishchilardan birining aytishicha, uch oydan beri maoshsiz ishlash oqibatida o‘zlari tushib qolgan nochor vaziyat ularni shunday choraga qo‘l urishga majbur qilgan.

“19 iyul kuni ham ertalab direktorning oldiga borib, qariyb uch oydan buyon maoshsiz ishlayotganimizni, qiynalib ketganimizni aytdik. U shu bugun soat 4 gacha tushirib beraman, deb va’da berdi. Lekin yana aldadi. Ishchilar bundan darg‘azab bo‘lib, darvoza oldida to‘plana boshladi. Ishdan chiqqan 50dan ortiq odam bor edi. Ishchilar bo‘lmasa, zavodga bitta moshin kirmaydi ham, chiqmaydi ham deb, darvozani ikki tomonidan svarkalab tashlashdi”.

XS
SM
MD
LG