Линклар

Шошилинч хабар
20 август 2019, Тошкент вақти: 00:01

Vashingtonlik advokat: Zelenskiy uchun lobbichilarni “yaxshi niyatda” yollaganman


Ukraina prezident Volodimir Zelenskiy

Amerikalik bir advokat Vashington shahridagi lobbichilik bilan shug‘ullanuvchi firmani Ukrainadagi prezident saylovi kampaniyasi vaqtida Volodimir Zelenskiyning obro‘sini ko‘tarish uchun yollaganini ma’lum qildi. U “Ozodlik” radiosi bilan suhbatda Zelenskiy uchun yaxshi niyatda cho‘ntagidan o‘sha firmaga 70 ming AQSh dollari to‘laganini bildirdi.

− Bu o‘zimning tashabbusim edi... va bu ishni qilganimdan xursandman, − dedi Markus Koen 7 avgustda o‘zining lobbichilik ishi haqida Vashingtondan telefon orqali.

Joriy yil bahorida Vashingtondagi Signal Group Consulting, LLC lobbichilik firmasi 7 hafta davomida Koenning topshirig‘ini bajargan. U o‘sha vaqtda prezidentlikka nomzod bo‘lgan Zelenskiyning vakili bo‘lganini iddao qilmoqda. Firmaning vazifasi komik aktyorning AQSh poytaxtidagi “obro‘sini ko‘tarish” bo‘lgan.

Signal Group 17 iyulda AQSh Adliya vazirligiga Koenning topshirig‘i bilan Zelenskiy nomidan nima ishlar qilgani xususida hisobot bergan edi.

Muammo shundaki, Zelenskiy nima ish qilinganiyu Koen bilan tanish ekanini qat’iyan rad etdi, Koenning o‘zini esa topib bo‘lmay qoldi.

Ukraina bilan hamkorlik bo‘yicha bir necha o‘n yillik tajribaga ega 6 tahlilchi va siyosiy maslahatchi Koenni umuman tanimasligini aytdi. “Ozodlik” muxbiri Kiyevdagi Koen aytgan manzilga borganida, savdo markazidagi aytilgan ofis o‘rnida kiyim-kechak do‘koni va tirnoq pardozlash salonidan boshqa narsa yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, Ukrainaning “Vavilon” xabarlar sayti o‘sha manzil Zelenskiyning saylovoldi kampaniyasi rasmiy vebsaytida ham ko‘rsatilganini aniqladi.

Zelenskiyning saylovoldi kampaniyasida ishlagan Svyatoslav Yaroshning fikricha, o‘sha manzil hech bir ofissiz pochta qutisi bo‘lib, faqat “xatlarni olish” uchun xizmat qilgan.

Pirovardida bu masalada Koen ham, Zelenskiy ham tushuntirish berishga majbur bo‘ldi.

Ular ikkita narsa haqidagi gaplar to‘g‘ri ekanini tan oldi: Zelenskiy prezidentlikka nomzod sifatida aprel oyida Qo‘shma Shtatlarda obro‘sini ko‘tarish uchun professional yordam so‘ramagan hamda u Koenga Signal Group firmasiga to‘lagan 70 000 dollarlik xarajatini qoplab bermagan.

Koen esa Zelenskiy bilan saylovoldi kampaniyasi vaqtida shaxsan uchrashganini va o‘sha pulni “yaxshi niyatda” to‘laganini aytdi.

Zelenskiy 8 avgustda Istanbulga rasmiy safari chog‘ida “Ozodlik” radiosining murojaatiga javoban matbuot kotibi orqali Koen bilan uchrashganini inkor etmadi, ammo saylovoldi kampaniyasi tadbirlari tig‘iz bo‘lgani uchun advokat bilan o‘sha uchrashuvini eslay olmasligini bildirdi. Ammo u Koen yoki boshqa birovdan o‘z foydasiga ish qilishni iltimos qilmaganini aytdi.

45 yashar Koen Vashington shahrida tug‘ilib o‘sgan, Merilend universiteti qoshidagi King Grey nomli huquq maktabini bitirgan.

Koen Zelenskiy kimligi haqida ilk marta bir do‘stining do‘sti sabab uning saylovoldi kampaniyasi raisi Ivan Bakanov bilan uchrashuvi chog‘ida eshitgan ekan. Siyosatchiga aylangan komik aktyorning “korrupsiyaga qarshi pozitsiyasi”dan qattiq ta’sirlanibdi.

Koen Kiev shahridagi Zelenskiy saylovoldi kampaniyasi bosh qarorgohiga Bakanov bilan birga borganida bo‘lg‘usi prezident bilan uchrashganini, Bakanov esa keyinchalik Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘i etib tayinlanganini ta’kidladi.

U nega o‘zini sizdan chetga olyapti, degan savolga Koen, “u o‘zini chetdan kelgan kishi deb biladi va siyosatdagi boshqa kishilardan o‘zgacha deb hisoblaydi”, deb javob berdi.

Koen Bakanovga yaqin bo‘lib qolganini hamda uni aqlli va g‘ayrioddiy kishi deb bilishini aytadi.

Ushbu voqea haqida fikr so‘rash uchun Bakanovni topib bo‘lmadi, ammo Signal Group firmasi rahbarlari va tahlilchilari u bilan uchrashganini gapirib berdi.

15 aprelda Bakanov Vashingtonga kelgan va Koenning aytishicha, Signal Group firmasi vakillari bilan uchrashgan. Ular Bakanov bilan yetakchi iqtisodiy masalahtchi Oleg Dubina uchun turli uchrashuvlar tashkil qilgan.

Zelenskiy saylovoldi kampaniyasi vakillari Dubinaning o‘sha vaqtdagi rolini inkor qiladi.

Dubina 2002-2003 yillarda prezident Leonid Kuchmaning maslahatchisi bo‘lgan. 2007 yilda “Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi rahbarlik ham qilgan.

Koenga ko‘ra, Dubina Bakanov ishtirok etgan har bir uchrashuvda qatnashgan edi.

XS
SM
MD
LG