Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:12

Atambayev hibsda saqlanadigan bo‘ldi. Uni qo‘lga olish amaliyotida 98 odam yaralandi (VIDEO)


Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 26 avgustgacha Milliy xavfsizlik qo‘mitasining hibsxonasida qoladigan bo‘ldi. Bu haqda 9 avgustda Bishkekning Birinchi May tuman sudi qaror chiqardi.

Атамбаев ҳибсда сақланадиган бўлди. Уни қўлга олиш амалиётида 98 одам яраланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:56 0:00

Atambayevga Jinoyat Kodeksining “Jinoiy harakatlarga sherik bo‘lish” hamda “Korrupsiya” moddalari bo‘yicha ayblov bildirildi.

7 avgust kuni kechqurun Qo‘ytosh qishlog‘ida sobiq prezident Almazbek Atambayevni qo‘lga olish amaliyoti boshlangan edi. Biroq o‘sha kuni Atambayevni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘linmadi.

Kuchishlatar tuzilmalar va Atambayev tarafdorlari o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuv oqibatida bir odam halok bo‘lgan, 52 odam jarohatlangandi. Atambayev tarafdorlari kuchishlatar tuzilmalarning olti nafar xodimini garovga olgan.

8 avgust kuni maxsus xizmatlarning bir necha ming xodimi ishtirokida o‘tkazilgan amaliyot ortidan Atambayev taslim bo‘lgan edi.

Атамбаевнинг тарафдорлари милиция ходимлари билан тўқнашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:16 0:00

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 7-8 avgust kunlari Qo‘ytoshdagi amaliyotda yaralanib, kasalxonalarga murojaat qilganlarning umumiy soni 98 nafardir.

Qirg‘iziston prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov bu voqealarga munosabat bildirar ekan:

-Bu hodisalar yuzasidan jinoyat ishlari ochildi. Har qanday holatda ham aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Kechagi kungacha Atambayevni tergovga guvoh sifatida chaqirayotgan edilar, endi u tergovga jiddiy jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgan shaxs sifatida chaqirtiriladi, - deb aytdi.

Bishkek militsiyasining bildirishicha, Atambaev qo‘lga olinganidan keyin poytaxtga uning tarafdorlaridan 1,5 minggga yaqin odam kelib, parlament binosiga va supermarketlarga bostirib kirishga harakat qilgan.

Militsiya ularni shovqinli granatalar, to‘qmoqlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz vositasida tarqatgan. Tartibsizliklar paytida kamida 40 odam qo‘lga olingan.

Qirg‘izistonda sobiq prezidentni qo‘lga olish yuzasidan ikki kun davom etgan amaliyot qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning ham tashvishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Rossiya hukumati Qirg‘izistondagi voqealardan tashvishda ekanini rasman e’lon qilgan.

Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida 9 avgust kuni o‘tadigan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bosh vazirlari kengashida ishtirok etish uchun kelgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev:

-Biz bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Aytishim mumkinki, mening nuqtai nazarimcha, Qirg‘iziston 21 asrda inqiloblar uchun berilgan kredit limitini ishlatib bo‘ldi, - deb aytdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni kechqurun Qirg‘iziston prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining bildirishicha: “Muloqotda Qirg‘izistonda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhim ekani alohida qayd etildi. Qo‘shni mamlakatdagi vaziyat amaldagi qonunchilik doirasida tez orada barqarorlashishiga umid bildirildi”.

Qirg‘izistonni 2011 yildan 2017 yilgacha boshqargan Almazbek Atambayev o‘z chiqishlarida Shavkat Mirziyoyevni o‘zining yaqin do‘sti va tug‘ishgan akasi sifatida taqdim qilar edi. Mirziyoyevning hokimiyatga kelishi ortidan Qirg‘iziston va O‘zbekiston aloqalari yaxshilangan.

XS
SM
MD
LG