Линклар

Шошилинч хабар
19 август 2019, Тошкент вақти: 23:59

O‘zbekistonda ilk “film-katastrofa” suratga olindi (VIDEO)


"101 reys" filmini suratga olish jarayoni

"O‘zbekkino" milliy agentligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida "101-reys" nomli badiiy filmni suratga olish ishlari tugallandi.

Rejissyor Akrom Shohnazarov tomonidan Nyu-Yorkdagi 11 sentabr voqealariga uyg‘un mavzuda suratga olingan bu asar O‘zbekistonda suratga olingan ilk “film-katastrofa”dir.

(ekstremal hodisa fonida yuz beradigan voqea aks etgan film-tahr)

Film prodyuseri Ravshan Norboyevning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha¸ 2019 yil oxiriga qadar O‘zbekiston katta ekranlariga chiqariladigan film "real voqealarga asoslangan":

- Eslasangiz, 2001 yilda AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududi bir muddat yopib qo‘yildi. O‘shanda 180 nafar yo‘lovchini tashiyotgan "O‘zbekiston havo yo‘llari"ning "Boing-767" uchog‘i 101-reys ekipaji muammoga yo‘liqqan. Film ana shu muammo va unga yechim topgan o‘zbek uchuvchisining jasorati haqida¸ dedi Ravshan Norboyev.

Uning aytishicha¸ film ssenariysini yozuvchi Erkin A’zam badiiy rahbarligida dramaturg Shohsanam Safiyeva yozgan.

- Tasvirchilar Dilmurod Turdiboev va Hasan Otaboyevlar fojiaviy sahnalarning ishonarli chiqishini ta’minlashdi. Ayniqsa, murakkab sahnalar operatori Jaxongir Rahmonov "yo‘qni yo‘ndirdi" desa ham bo‘ladi. Kino vizual silsilasini rassom Alisher To‘laboyev chizib chiqdi, dedi film prodyuseri.

101 рейс фильмини олиш жараëни
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:00 0:00

Hollivud panjasi

Toshkentlik me’mor va san’atshunos Abdumalik Turdiyevning aytishicha¸ hayotda yuz bergan voqeaning badiiy talqini har doim ham muvaffaqiyatli chiqavermaydi:

-Yetarli moliyaviy dastaksiz ekshn janrida film suratga olish qiyin. Tasvirlar zo‘raki bo‘lishi extimoli ko‘p. Hollivud kinolariga ko‘zi pishgan tomoshabinni ishontirish chandon mushkul. Oz pulga ham yaxshi film olish mumkin, degan fikrni qo‘llamayman. Filmdan parchalarni ko‘rdim. Tasvirchilar¸ ayniqsa, liboslar rassomi Shahnoza Abdullajonovaning ishlari tahsinga loyiq¸ dedi munaqqid Abdumalik Turdiyev.

Zarxjo‘ja akaning jasorati

Munaqqid bu filmga asos bo‘lgan real voqeani yaxshi bilishini aytadi:

- Uchuvchi Zarxo‘ja aka Saidazimovni yaxshi taniyman. U kishi 180 yo‘lovchini muqarrar xavfdan qutqarib qolgani uchun O‘zbekiston qahramoni degan mukofotni olgan¸ dedi Abdumalik Turdiyev.

Uning aytishicha¸ Zarxo‘ja Saidazimov kapitanlik qilgan 101 yo‘nalishdagi o‘zbek uchog‘i 11 sentabr kuni Nyu-Yorkning Jon Kennedi aeroportiga qo‘nishga yaqinlashganida muammolar girdobida qoladi:

- Terror bo‘lganidan 101-reys ekipaji bexabar edi. Dispetcherlar o‘zbek uchog‘ining qo‘nishini taqiqlab qo‘yadi. Uchoq Kanada xalqaro aeroportiga yo‘l oladi. Kanada dispetcheri tig‘izlik sabab o‘zbek uchog‘ini 3 soatdan keyin qabul qilishini aytadi. Ammo Zarxo‘ja akada uch soat uchish imkoni yo‘q edi. Bu orada uchoqning bitta motori ham buzilib qoladi. Yonilg‘i tugab bormoqda. Xuddi shu paytda Zarxo‘ja aka, tavakkal qilib, zaxira qo‘nalg‘aga qo‘nish uchun pastga qarab sho‘ng‘iydi. O‘zbek uchog‘ining bu tavakkal sho‘ng‘ishi Kanada harbiylarining o‘takasini yorib yuboradi. Haqiqatan ham dramatik voqea. Ammo bu voqea talqini kinoda aks eta oldimi degan savolga tomoshabin javob berishi kerak¸ dedi munaqqid.

Uchuvchi qismati haqidagi ikkinchi film

Film prodyuseri Ravshan Norboyevning ishonishicha, O‘zbekiston qaxramoni Zarxo‘ja Saidazimovning jasoratli obrazini taniqli aktyor Hoshim Arslonov ijro qilgan:

- Tanlov qiyin bo‘ldi. Qirqqa yaqin nomzod ichidan Hoshim aka Arslonovni tanladik. Kadrda ko‘rkam va jiddiy ko‘riindi. Yuz mimikasi va ichki kechinmalarni vizual ifodalash mahoratini Hoshim aka suratga olish jarayonida yuz foiz ko‘rsata oldi¸ dedi Ravshan Norboyev.

Filmda, shuningdek, taniqli san’atkor Lola Eltoyeva bortprovodnik rolini ijro qilgan.

- Shu kunlarda filmga so‘ngi sayqal berilmoqda¸ dedi Ravshan Norboyev.

O‘zbekiston uchuvchilarining "Boing-767" uchog‘ini boshqargani bundan oldin ham badiiy kinoga mavzu bo‘lgan edi.

2000 yilda suratga olingan "Qismat" filmi ilk bor "Boing-767" uchog‘i shturvaliga o‘tirgan Arslon Ro‘zimetov qismati haqida hikoya qilgan edi.

Akter Behzod Muhammadkarimov gavdalantirgan o‘zbek uchuvchisi filmda "o‘tda yonmas suvda cho‘kmas" qilib tasvirlangan edi.

XS
SM
MD
LG