Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:44

Tojikistonda 14 mahbus nondan zaharlanib halok bo‘ldi


Dushanbedagi qamoqxona
Dushanbedagi qamoqxona

So‘g‘d viloyatidagi qamoqxonada 14 mahbus zaharlanishdan vafot etdi. Favqulodda hodisa 7 iyul kuni kechqurun 128 mahbusni, shu jumladan 8 ayolni Dushanbe, Norak va Yovon koloniyalarga etap qilish vaqtida yuz berdi.

Bu haqda xabar qilgan Tojikiston Adliya vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga ko‘ra, mahbuslar non iste’mol qilganlaridan so‘ng o‘zlarini yomon his qilgan. Hodisa Varzob tumanining Mayxura degan yerida yuz bergani, mahbuslardan biri uch buxanka nonni 16 mahbusga tarqatgani ma’lum qilindi.

«Oradan yarim soat o‘tib, 16 mahbus boshi aylanib, qusa boshladi», deyiladi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi xabarida.

Dushanbega yetib kelishi bilan 16 nafar mahbusning hammasi hushini yo‘qotgan. Shifokorlar faqat ikki nafarining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Tojikiston Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, mahbuslarning zaharlanishi fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov ishlari boshlab yuborildi. Dastlabki versiyaga ko‘ra, non issiq ob-havoda saqlash rejimiga rioya qilinmagan holda tayyorlangani bois toksik zamburug‘ bilan zaharlangan bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yilning kuzidan boshlab Tojikistonning ikkita qamoqxonasida ikki marta isyon ko‘tarilib, natijada ko‘plab mahbuslar o‘lgan.

XS
SM
MD
LG