Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:03

Ozodlik materiallari ortidan prezident Mirziyoev Andijon hokimiga tanbeh berdi


Shuhrat Abdurahmonov
Shuhrat Abdurahmonov

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 iyul kuni o‘tkazgan hukumat majlisida Andijon viloyati hokimini tanqid qilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev 5 iyul kuni o‘tkazilgan selektor majlisida viloyat hokimi bilan bog‘liq "Internetda tarqalgan" (mahalliy matbuot Ozodlikni tilga olmaslik uchun "internetda tarqalgan" deb ishora qiladi) xabarlarni kuzatganini aytgan.​

May oyida prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi vaqtida ko‘zbo‘yamachilikni fosh etuvchi Ozodlik maqolasi mamlakat bo‘ylab shov-shuvga sabab bo‘lgandi.​

Ozodlik 6 nafar ayolga prezident sovg‘asi sifatida kottejlar berilishi va’da qilingani, lekin prezident Toshkentga qaytgach, ulardan uylar qaytarib olingani haqda xabar bergandi.​

26 iyun kuni Ozodlik Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘tkazgan yig‘ilishining audiosi va hokimning haqoratli so‘larini oshkor qilgandi.

Shu majlisda Abdurahmonov viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ini "iflos, hayvon, hezalak", O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirini esa "maraz", "vazircha", deb so‘kkan edi.

Андижон вилояти ҳокими Шуҳрат Абдураҳмонов
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00
Бевосита линк

“Kun.uz” nashri prezidentning Andijon viloyati hokimiga qarata: “Seni hurmat qilaman. Lekin internetdagi gaplar dilimni og‘ritdi. Og‘ir-bosiq bo‘l. Sadoqat boshqa, amal boshqa”,degan so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

O‘z navbatida hokim yo‘l qo‘ygan xatolarini tushunib yetganini aytib, bu holat uchun uzr so‘ragan va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga va’da bergan.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yil 17 aprel kuni o‘qituvchi va shifokorlarni majburiy mehnatga jalb qilish masalasida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida, bir necha hokimga hayfsan e’lon qilib, Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaevni oxirgi marta ogohlantirayotganini aytgan edi.

Ammo, bu ogohlantirishdan keyin ham Dilmurod Rahmatullaev 15 may kuni obodonlashtirish ishlariga yetarli e’tibor bermagan mahalliy tashkilot rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarini "iflos, xudo urgan, maraz, pes, moxov, harom va latta" kabi so‘zlar bilan haqorat qilgan edi.

Andijon tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinov va Bo‘z tumani sobiq hokimi Abdurashid Mamirov hokimlikdagi yig‘ilishda bog‘cha, maktab va kollej rahbarlarini “nahs, tvar, itdan tarqagan, harom” kabi so‘zlar bilan haqorat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG