Линклар

Шошилинч хабар
19 август 2019, Тошкент вақти: 20:06

Zelenskiy Bryusseldagi chiqishida Poroshenko nutqidan "o‘g‘irlaganlik"da ayblanmoqda


Zelenskiy o‘tgan hafta Bryusselda Yevropa kengashi prezidenti Donald Tusk bilan uchrashdi.

Volodimir Zelenskiy Bryusselda hammaga ma’qul keladigan gaplarni aytdi. Yangi prezident nutqi hatto tanqidchilar va sobiq prezident Petro Poroshenko tarafdorlariga ham ma’qul keldi. Buning sababi ular bu gaplarni avval Poroshenkoning o‘zidan eshitgan edilar.

Zelenskiy 4-5 iyun kunlari Yevropa poytaxtiga qilgan tashrifi davomida so‘zlagan nutqida ayrim gaplarni Poroshenkodan ko‘chirganlikda ayblanmoqda.

Ukrainada bu mojaroning Zelenskiy uchun boshog‘riq bo‘lishi kutilmoqda.

Prezident ma’muriyati Zelenskiy nutqidagi o‘xshashliklar uchun Tashqi ishlar vazirligining Poroshenkoni qo‘llovchi ishchilari aybdor ekanini iddao qilmoqda. Ma’muriyat bu shaxslarni provokatsiya hamda yangi yetakchini yomonotliq qilishga urinishda aybladi.

Zelenskiy ma’muriyati, masalaning taftish qilishini bildirdi.

Prezident munozaraga sabab bo‘layotgan gaplarini Yevropa kengashi prezidenti Donald Tusk bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ortidan aytdi.

Zelenskiy Bryusselda:

- Ukrainaning YIga qo‘shilishi Rossiya imperial loyihasining o‘limi bo‘ladi. Qolaversa, bu Rossiya avtoritarizmiga zarba bo‘ladi, Rossiya va butun sobiq sovet mamlakatlarida demokratiyaga eltuvchi yo‘l bo‘ladi, - dedi.

Sobiq prezident Poroshenko matbuot kotibi Svyatoslav Sexolko Zelenskiyni “bachkana ko‘chirmachilikda” ayblar ekan, Bryusselda e’lon qilingan bayonnomaning butun boshli paragrafi Poroshenko 31 may kuni o‘z partiyasi kongressida so‘zlagan nutqidan o‘zgartirishsiz ko‘chirib olinganini aytdi. Sexolko Poroshenko aynan shu so‘zlarni aytayotgani aks etgan videoga havola ham qoldirdi.

Ayrim ukrainaliklar ham ijtimoiy tarmoqlarda Poroshenko 18 may kuni so‘zlagan nutq Zelenskiy Yevropada so‘zlagan nutqiga o‘ta o‘xshash ekanligi haqida yozishdi.

Zelenskiyning munozaraga sabab bo‘lgan gaplari Tusk bilan uchrashuv haqidagi rasmiy bayonnomada yoki prezident saytida ko‘rsatilmadi.

Bu orada prezident obro‘sini saqlab qolishga urinayotgan yangi prezident ma’muriyati ushbu holat bo‘yicha tergov boshlanganini, Tashqi ishlar vazirligi ishchilarining Poroshenko bilan til biriktirgani aniqlansa, ular jazoga tortilishini ma’lum qildi.

Bu voqeaning "izza bo‘lish"dan tashqari endigina ish boshlagan Zelenskiy siyosiy karyerasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lum.

Hatto Poroshenko matbuot kotibi Sexolko masalaga ijobiy yondashishga urindi.

Kotib Facebookda “Volodimirning Petro Poroshenkoga quloq solishi juda yaxshi”, deb yozdi.

XS
SM
MD
LG