Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:31

Bishkek yaqinidagi ikki qishloqda ommaviy mushtlashuv yuz berdi


O‘ro‘q qishlog‘i.
O‘ro‘q qishlog‘i.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek yaqinidagi So‘quluq tumanidagi ikki qishloqda 5 iyun kuni ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Бишкек яқинидаги икки қишлоқда оммавий муштлашув. Расмийлар ҳодиса миллатлараро низо эмаслигини айтмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:50 0:00

Bir-biridan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Jani-Jer va O‘ro‘q qishloqlarida Ramazon hayiti namozi o‘qilganidan so‘ng ikki-uch o‘smir o‘rtasida mushtlashuv bo‘lgan. Keyin bu mushtlashuvga kattaroq yoshdagilar qo‘shilgan.

Mahalliy hokimiyat, militsiya va faollarning tezkor aralashuvi bilan qishloqlardagi vaziyat nazorat ostiga olindi.

-Yoshlarimiz o‘rtasida kichginagina insident bo‘ldi. Ayrim odamlar buni kattaroq janjalga aylantirishga harakat qildilar. Katta avlod bu janjalni to‘xtatdi va tomirini qirqdi, janjalning kattalashib ketishining oldini oldi. Biz yoshlarni yarashtirdik, deb hisoblaymiz. Chunki ularning bir-birlariga agressiyasi yo‘q,-dedi Jani-Jer qishlog‘i faoli Abdulla Efendiev.

Xalq diplomatiyasi ortidan bu qishloqda hech kim militsiya tomonidan qo‘lga olinmadi. Ammo O‘ro‘q qishlog‘idagi ommaviy mushtlashuv oqibatida militsiya 32 odamni qo‘lga olgan. Ular bir necha soatdan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

-Ikki bola og‘ir ahvolda, deb aytishayapti-ku. O‘sha bolalardan biri mening o‘g‘lim. U 3-bolalar kasalxonasida yotibdi. Qaynag‘amning bolasi og‘ir ahvolda reanimatsiyada. Ular hayit namozidan chiqqanidan keyin ikki aka-uka ularni ushlab olib do‘pposlagan,-dedi jabrlangan bolalardan birining onasi Cho‘lpo‘n Ashirbaeva.

Militsiyaning bildirishicha, “Bezorilik” moddasi asosida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida O‘ro‘q qishlog‘ida yashagan 23 va 15 yoshdagi ikki shaxs hibsga olingan.

Qirg‘iz hukumati rasmiylari jamoatchilikni “bu voqealarni millatlararo nizo” sifatida talqin qilishdan tiyilishga chaqirmoqda.

-Hozir vaziyat yaxshi. Yosh bolalar o‘rtasidagi bir insident bo‘ldi bu. Tushuntirish ishlarini olib bordik. Hozir hammasi yaxshi, -dedi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanov.

Jani-Jer va O‘ro‘q qishlog‘i aholisi bu kabi hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turishini aytmoqdalar. Ular bunday janjallarga barham berish uchun militsiyadan qat’iyroq harakat qilishni talab etmoqda.

-Har yili bu kabi voqealar bo‘lib turadi. Bu yerda turli millat vakillari birga yashaydi. Bittasi yomon bo‘lsa, hammasi yomon degan gap emas-da. Shuning uchun o‘zimiz bosdi-bosdi qilib tashlaymiz. Ayrimlar esa bu kabi voqealarni bo‘rttirib, janjalni kattalashtirib yubormoqda. Katta yoshdagi turli millat vakillari inoqmiz, bilmaymiz, bolalar nimalarni bo‘lisha olmaydi. Biroq bunday janjallarga barham berish uchun qat’iyroq choralar ko‘rish kerak,- deydi O‘ro‘q qishlog‘i turg‘unlaridan biri.

Ma’lumotlarga qaraganda, O‘ro‘q qishlog‘iga 5 iyun kuni kechqurun Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Dengiz Komil Firat borgan va aholi bilan uchrashgan.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi 6 iyun kuni elchining mazkur qishloqqa borishi yuzasidan maxsus yig‘ilish o‘tkazilishini va uning xulosasi jamoatchilikka e’lon qilinishini bildirdi.

XS
SM
MD
LG