Линклар

Шошилинч хабар
17 июн 2019, Тошкент вақти: 08:02

O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha jahondagi uchinchi o‘rinni boy berishi mumkin. Londonda o‘zbek gilosi necha dollardan sotilmoqda?


Surxondaryoda yetishtirilgan o‘rik.

Meva – sabzavot eksporti masalasiga ixtisoslashgan EastFruit portali ekspertlarining prognozlariga qaraganda, O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha pozitsiyasini joriy yilda Yevropa davlatlariga boy berishi mumkin.

Ўзбекистон ўрик экспорти бўйича жаҳондаги учинчи ўринни бой бериши мумкин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:01 0:00

Yevropada o‘rik hosili nobud bo‘lgani O‘zbekistonga qo‘l keldi

Portalning 28 may kuni xabar berishicha, 2018 yilda O‘zbekiston o‘rik eksport qilish bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan. O‘tgan yili O‘zbekiston 43 ming tonna o‘rik eksport qilgan va bu sohada Fransiya, Italiya, Gretsiyani ortda qoldirdi

Ekspertlarga ko‘ra, 2018 yilda Yevropada ob-havo sharoiti yomon bo‘lgani oqibatida fermerlar o‘rik hosilining teng yarmini yo‘qotganlar. Bu esa O‘zbekistonga qo‘l keldi va bu davlat o‘rik eksportini oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yevropada o‘rik hosili kamaygani ortidan 2018 yilda O‘zbekiston birinchi marta Yevropa Ittifoqi hududiga kiruvchi Litvaga o‘rik sotishga erishdi.

“Bu uncha katta bo‘lmagan bir martalik partiya edi. Biroq joriy yilda ertapishar o‘rikni O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga eksport qilish hajmi ko‘payishi mumkin”, deyiladi EastFruit portali xabarida.

Joriy yilda ham O‘zbekiston uchinchi o‘rinda qolishi shubha tug‘dirmoqda

Portal ekspertlariga ko‘ra, joriy yilda Yevropada ob-havo yaxshi kelib, o‘rikdan mo‘l hosil olinishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston 2018 yilda erishgan pozitsiyasini boy berishi va bugungi uchinchi o‘rindan beshinchi yoki oltinchi o‘ringa tushib qolishi mumkin.

Jahonda o‘rik eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni Ispaniya egallaydi. Bu davlat yiliga 109 ming tonna o‘rik sotadi. Turkiya esa 70,7 ming tonna o‘rik eskport qilib, ikkinchi o‘rinni egallagan.

Gilos eksporti bo‘yicha O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinda

EastFruit portali o‘tgan yilning iyunida O‘zbekiston 2017 yilda gilos eksporti bo‘yicha Ispaniyani ortda qoldirib, jahondagi 4-o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edi.

Ma’lumotda aytilishicha, 2017 yilda O‘zbekiston 32 ming tonna gilosni eksport qilgan, bu esa Ispaniya eksport qilgan gilosdan 5 ming tonnaga ko‘pdir. Portal ekspertlari 2018 yilda O‘zbekiston kamida 45-50 ming tonna gilos eksport qilganini bildirmoqda.

O‘zbek gilosi Londonda necha dollardan sotilmoqda?

25 may kuni Xalqaro Mehnat tashkilotining bosh texnik maslaxatchisi Jonas Astran Britaniyada ilk marotaba O‘zbekiston gilosi sotila boshlanganini ma’lum qilgan edi. O‘zA esa bu gilos Namangandan eksport qilinganini yozgan.

Xabarlarda aytilishicha, Londondagi Xitrou aeroporti yaqinidagi Western International Market’da o‘zbek gilosining 5 kilolik korobkasi 35 funt sterlingdan, ya’ni 44 dollar 45 tsentdan (1 kilosi tahminan 8 dollar 90 tsentdan) sotilmoqda.

Londonning boshqa magazinlarida esa o‘zbek gilosining bir kilosini 9,99 funt sterling, ya’ni 12 dollar 55 tsentdan sotib olish mumkin.

Daromad qancha?

O‘zbek gilosini Londonga Toshkentda ro‘yxatga olingan Gold Dried Fruits Export shirkati yetkazib bermoqda.

EastFruit ekspertlari mazkur shirkat Londonda sotilayotgan o‘zbek gilosining har bir kilosidan 2,5-3 dollarga yaqin sof daromad topayotganini hisoblab chiqqanlar.

Portalning yozishicha, o‘tgan yakshanba kuni O‘zbekiston bozorida saralangan eng yaxshi gilosning bir kilosi 17 ming so‘m, ya’ni taxminan 2 dollardan sotilgan.

XS
SM
MD
LG