Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:36

“Tuman va viloyat prokurori g‘irrom tenderga protest keltirsa ham Gurlan hokimi yerni qaytarmayapti”


Xorazm viloyati, Gurlan tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan “Tojiboy ekonomist” fermer xo‘jaligi rahbari Rajabboy Matsapaevning arz qilishicha, ekin maydonlarini maqbullashtirishga oid o‘tkazilgan tenderda u yutib chiqqan bo‘lsa ham, uning yer maydoni noqonuniy olib qo‘yilgan:

“Men tenderda raqibimdan 22,5 ball o‘tib ketganman. Ular, nima qilishni bilmay ikkita yengil mashinani o‘n bal hisoblatib, menga tenglashtirdi. Vaholanki, qarorda yengil mashinalar 1 ballga baholanadi. Mening yozgan arizamni ko‘rib chiqib, tuman prokurori ham, viloyat prokurori ham protst keltirdi. Lekin hokim buni tan olmayapti. Men o‘zim ekonomistman, qonunni yaxshi tushunaman. Ammo, hamma narsa oydek ravshan, qonun buzilgani ko‘rinib turgan bo‘lsa ham, hokim yer maydonimni qaytarib bermayapti”.

“Туман ва вилоят прокурори ғирром тендерга протест келтирса ҳам Гурлан ҳокими ерни қайтармаяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG