Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:33

Mahmud Rajab: Ustimdan jinoiy ish ochilganini Internetdan bildim


Jurnalist Mahmud Rajab
Jurnalist Mahmud Rajab

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi 14 may kuni shoir va jurnalist, majburiy mehnatga qarshi xalqaro Cotton campaign faoli Mahmud Rajabga nisbatan jinoyat ishi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan nazoratga olinganini bildirdi.

Bildiruvda 2019 yilning 30 aprel kuni “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan M. Radjapovga (Mahmud Rajab) nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (Kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytiladi.

Yangibozar tuman IIB mulozimining 15 may kuni Ozodlikka aytishicha¸ jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi olib bormoqda.​

«Jinoyat ishiga, 2019 yilning 26 mart kuni “Toshkent” aeroportida ko‘zdan kechirilgan Mahmud Rajabning qora rangli sumkasidan chiqqan 26 dona kitob, bir dona “Mi 5+” rusumli uyali telefon apparati va undagi yozuvlar sabab bo‘lgani» haqida yozadi IIV boshqarmasi.

Ma’lumotnomada Mahmud Rajabning uyi tintilgani haqida ham tafsilotlar bor:

«Tintuv davomida M.Radjapovning xonadonidan uyali telefon, noutbuk, disklar, 3 dona Turkiya davlatida chop qilingan (shu jumladan, «Payg‘ambarlar tarixi») diniy mazmundagi kitoblar va boshqa hujjatlar o‘rganish uchun olingan. Tintuv yakunida gumon qilinuvchi M.Radjapov bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan, bu haqda tintuv bayonnomasida ko‘rsatib o‘tilgan» deyiladi hujjatda.

"Internetdan bildim"

Xorazmlik 56 yashar jurnalist va shoir Mahmud Rajab 15 may kuni Ozodlik bilan suhbatda o‘ziga qarshi jinoyat ishi ochilganini Internetdan o‘qiganligini aytadi:

-Bu ayblov shu paytgacha rasman bildirilmagan menga. Advokat so‘rov yuborganida ham sukut saqlashgan. Menga qarshi jinoyat ishi ochilgani sir tutilgan negadir. Bugun o‘qidim bayonotni va boshdan oyoq uydirma ayb¸ deydi o‘z uyidan turib gaplashgan Mahmud Rajab.

Шоир Маҳмуд Ражаб билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:10 0:00

Yuklari orasida Muhammad Solih kitoblari chiqqan

Mahmud Rajab majburiy mehnatga qarshi xalqaro Cotton campaign faoli sifatida “Yevropa Birdamlik markazi” tashkilotining taklifi bilan 22-25 mart kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro seminarda ishtirok etgan.

Mahmud Rajabning aytishicha, qaytish bileti Istanbul orqali bo‘lganligi va u yerda Toshkent uchog‘ini kutish uchun ixtiyorida besh soat bo‘sh vaqti borligi uchun aeroportda muhojiratda yashaydigan shoir va “Erk” demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih bilan uchrashgan:

- Xorazmdan Solih akaga ukalari o‘rik qoqi, olma qoqi kabi sovg‘alar berib yuborgan edi. Aeroportda uchrashib, sovg‘ani topshirdim. Ukalari va muxlislari Solih akaning kitoblaridan olib kelishni iltimos qilgan edi. Chunki 2018 yil Solih akaning uyida mehmon bo‘lib, kitoblaridan olib kelgan edim. Shuning uchun shoir akamiz bilan avval bog‘lanib, yo‘lda uch-to‘rt soat vaqtim bor, shu kitoblardan so‘rashgan edi, olib ketsam maylimi, deb so‘raganimda mayli, degan edi. Xullas, Solih akaning she’rlari va publitsistikasi bitilgan hamma kitoblaridan, Muhammad Bekjonning kitobidan, jami 26 ta kitob olib keldim.

Mahmud Rajabning so‘zlariga ko‘ra, bu kitoblarni Toshkent aeroporti bojxonachilari olib qo‘ygan:

- Birga kelgan hamrohlarim hammasi yukini olib chiqib ketdi. Mening yukim hammadan keyin chiqdi. Bojxonachilar ko‘rigidan o‘tayotganda, nima bor, deb so‘rashdi. Men kitoblar dedim. Ochib ko‘rishib, ie, bu Muhammad Solihning kitoblari ekanku deb, boshlig‘ini chaqirishdi. Husan Boboniyozov degan boshlig‘i kelib ko‘rdi-da, bu kitoblarni olib qolamiz, mumkin emas, dedi. Men bu badiiy kitoblar, ukalari iltimos qilgan, sovg‘a bu desam ham, bojxona boshlig‘i, bu kitoblarni diniy idoraga beramiz, balki ichida diniy-ekstremistik g‘oyalar bordir, o‘shalar ko‘rib, xulosa berishadi, men baribir tushunmayman deb, olib qolishdi.

Jurnalist bojxonachilar uning mobil telefonini ham olib qo‘yishganini aytadi:

Mahmud Rajabning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng uni fuqarolik kiyimidagi va o‘zini tanishtirmagan bir shaxs so‘roq qilgan.

- Menimcha, 25-30 yoshlardagi bu yigit DXXdan edi. U bu kitoblarning taqiqlanganini bilasiz, nega olib keldingiz, dedi. Men, qani menga isbotini bering, kim va qachon taqiqlabdi, deb qarshi savol bersam, indamay qoldi. O‘zingizni tanishtiring, kimsiz, qaerda ishlaysiz, desam, jahl bilan menga o‘girildida, mening kimligimni hali chaqirganimda bilasiz, dedi. Keyin, kitoblar va telefonim olib qo‘yilgani haqidagi bayonnomalarga imzo chekdim. Soat 7da uchog‘imiz qo‘ngan bo‘lsa, soat 11 yarimda javob berishdi.

Ana shu voqeadan uyiga yetib borgan Mahmud Rajab 10 may kuniga qadar mavhumlik ichida qolganini aytadi:

- 10 may kuni uyimni o‘zini tanishtirmagan organ xodimlari tintuv qildi. Majburiy mehnatga qarshi xalqaro Cotton campaign faoli sifatida fermerlar bilan suhbatlarim matni yozilgan qog‘ozlarni varaqa deb olib ketishdi. 2 soat davomida uyni titkilab, noutbuk, smartfon, Muhammad Solihning “Payg‘ambarlar tarixi” kitobi va uning marhum umr yo‘ldoshi Oydin Solihning "Haqiqiy tibbiyot" kitobini olib ketishdi.

Yangibozor tuman IIB mulozimining 15 may kuni Ozodlikka aytishicha¸ Respublika Bosh prokuraturasining 2019 yil 8 maydagi ko‘rsatmasiga asosan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi olib bormoqda.

- Mahmud Rajabning uyiga chaqiriv qog‘ozi jo‘natilgan. U17 may kuni tergovchi Yo‘ldoshevning oldiga so‘roq berish uchun chaqirtirilgan¸ deydi mulozim.

Mahmud Rajab “Ma’rifat” gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan. Uning aytishicha 2018 yili yili o‘zining Feysbuk sahifasida muxolifatdagi siyosatchi Muhammad Solih rasmini qo‘ygani uchun tazyiqqa uchragan.

XS
SM
MD
LG