Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:21

Mashinada yo‘lovchi ayolni urib yuborgan ichki ishlar podpolkovnigi yana vazifasiga qaytdi


Tez yordam mashinasi (illyustrativ surat)
Tez yordam mashinasi (illyustrativ surat)

6 aprel oqshomida Toshkent shahar, Chilonzor tumani Muqimiy shoh ko‘chasida xizmat mashinasida ketayotib, bir ayolni urib yuborgan ichki ishlar podpolkovnigi Umid Qurbonov may oyining ilk haftasida yana ish o‘rniga qaytdi.

Bu haqda Ozodlikka bir-biridan mustaqil ravishda ikki nafar ichki ishlar xodimi ma’lum qildi.

38 yashar Umid Qurbonov ishtirokidagi avtohalokat natijasida og‘ir jarohat olgan M. Zaynutdinova ismli ayol bir necha soat o‘tib kasalxonada vafot etgan edi.

8 aprel kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi "holat yuzasidan" jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

14 may kuni Ozodlikka izoh bergan Bosh prokuratura Matbuot xizmati hozirda tergov harakatlari olib borilayotganini bildirdi.

Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, "bu ish alohida nazoratda, qonuniylik ta'minlanadi."

"Sabab noma’lum"

Ozodlik suhbatlashgan ichki ishlar xodimlariga ko‘ra, Umid Qurbonov avtohalokatdan so‘ng bir muddat ishga chiqmagan.

Ismi sir qolishini so‘ragan Toshkent shahar IIBB xodimi may oyi boshidan buyon Umid Qurbonov shahar IIBBsi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini "avvalgidek" o‘tayotganini aytdi.

Bu xabarni tasdiqlagan ikkinchi ichki ishlar xodimi Umid Qurbonovning qay asosda ishga qaytgani hatto hamkasblariga ham ma’lum emasligini bildirdi.

"Nega ishga qaytgani sababi noma’lum. Avariyadan keyin nima gaplar bo‘lganini¸ hattoki¸ hamkasblari ham bilmaydi," dedi IIBB xodimi.

Ozodlikning 14 may kuni davomida qilgan qo‘ng‘iroqlariga Umid Qurbonov javob bermadi.

Tarmoqda tarqalgan avtohalokat

7 aprel tongida Telegram messenjerida tarqalgan videoda qora Lacetti katta tezlikda birinchi yoki ikkinchi yo‘l chizig‘idan yo‘lning eng so‘l chizig‘iga o‘tishga harakat qilgani, shu payt yo‘l o‘rtasida piyoda ayolni urib yuborganini ko‘rish mumkin. ​

Unda mashina zarbidan ayolning ikki metrcha balandlikka uchib, yerga behush yiqilganini aks etgan. Yengil mashina esa himoya to‘sig‘iga borib uriladi va uni ikkiga bo‘lib yuboradi.

ИИБ подполковниги йўловчи аëлни уриб юборди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:03 0:00

Ozodlik suhbatlashgan ichki ishlar zobitlaridan biri avtohalokatdan ko‘p o‘tmay "atrofdagi kuzatuv kameralaridagi" videoyozuvlarning ichki ishlar xodimlari tomonidan olib ketilganini bildirdi.

8 aprel kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati, avtohalokat yuzasidan "JKning 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizlgi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.Z. shu kuni soat 23-40 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi “Jonlantirish” bo‘limida vafot etgan,” - deya bildirgan edi Bosh prokuratura.

"O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasining 07.04.2019 yildagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.Z.ning o‘limi “bosh miya yopiq jarohati, ko‘krak qafasi yopiq jarohati, o‘ng boldir suyaklarini jarohatlari” natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan."

Toshkent shahar IIBB axborot multimedia markazi 8 aprelda, avtohalokat yuzasidan "xizmat tekshiruvi" belgilanganini bildirdi.​

Umid Qurbonov 2018 yilda Toshkent shahar IIBBsi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan.

Ozodlik suhbatlashgan ichki ishlar xodimlariga ko‘ra, Umid Qurbonov Toshkent shahar IIBBsi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunovga yaqin shaxslardan biri sifatida tanilgan.

Ulug‘bek Tursunov prezident Shavkat Mirziyoevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunovning akasidir.

XS
SM
MD
LG