Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:53

Uychida zo‘rlangani aytilayotgan chortoqlik 15 yashar o‘g‘il bola kasalxonaga yotqizildi


Namangan viloyat Chortoq tumanidagi o‘rta maktab direktori 8-sinf o‘quvchisi, 15 yashar bola joriy yil, 12 may kuni zo‘rlangani to‘g‘risida Ozodlikka yetib kelgan xabarni tasdiqladi.

Namangan viloyat huquq-tartibot organlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, o‘quvchini zo‘rlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, hodisa Uychi tumanida sodir bo‘lgan shu tuman IIB tomonidan tergov olib borilmoqda.

Maktab direktorining (direktor va bolaning ism-familiyalari Ozodlikka ma’lum) Ozodlikka aytishicha¸ "bola avval kaltaklanib keyin zo‘rlangan”:

- Bola o‘sha kuni amakisinikidan kelayotganda o‘sha ish bo‘lgan. Bola kasalxonada yotibdi. Men uchrashdim¸ yuz-ko‘zi va butun badani ko‘karib yotibdi. Ertaga (14 may) kasalxonadan javob berishsa kerak. Tergov boshlandi. Zo‘rlagan odam ushlanib, ustidan jinoiy ish ochildi. Oldin ham shunaqa zo‘rlashlar bo‘yicha o‘tirib chiqqan ekan u zo‘ravon. Maktab psixologi bola bilan suhbatlashdi. Bolaning ruhiy tushkunlikka tushmasligini ta’minlash ham pedagogik kollektiv zimmasida ekanini bilamiz.

Namangan viloyat huquq-tartibot organlarida ishlovchi va ismi sir qolishini so‘ragan mulozimga ko‘ra¸ o‘quvchini zo‘rlash xolati bo‘yicha bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

- Jabrlanuvchining o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini ayblanuvchi bilganligi va ayblanuvchining muqaddam shu jinoyat uchun jazo o‘tagani hisobga olsinsa¸ maksimum muddat oladi¸- dedi mulozim.

Ozodlik bolaning yaqinlari bilan ham suhbatlashdi. O‘zini "bolaning qarindoshi", deb tanishtirgan chortoqlikning aytishicha, “zo‘rlagan kishi oldiniga bolani aldagan”:

- "G‘isht quyishni bilasanmi, ishlatib pul beraman", deb aldabdi bolani. Keyin o‘sha ishni qilmoqchi bo‘lib bolani zo‘rlashga uringan. Bola qattiq qarshilik qilganida uni hushidan ketguncha urib tashlagan.

Zo‘rlangani aytilayotgan bola yotqizilgan kasalxona vrachlaridan birining Ozodlikka aytishicha, bola tanasida gematomalar mavjudligi, ammo hayot uchun xatarli emasligini bildirdi. Vrachning aytishicha¸ jinsiy zo‘ravonlik oqibatini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, hodisa Uychi tumanida sodir bo‘lgan shu tuman IIB tomonidan tergov olib borilmoqda.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra¸ bolaga hujum qilgan kishining aqli noqis bo‘lgan.

O‘zbekistonda yosh o‘g‘il bolalarning zo‘rlanganiga oid voqealar uchrab turadi.

Ozodlik Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan 343-sonli bolalar bog‘chasining qorovuli, 22 yashar yigit bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 6 yoshli o‘g‘il bolani zo‘rlaganlikda ayblanib qamalganiga oid xabarni e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG