Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:30

Jahondagi eng katta samolyot ilk parvozini amalga oshirdi


Kaliforniyada Stratolaunch shirkatining ikki fyuzelyajli, oltita Boeing 747 dvigateli o‘rnatilgan samolyoti 13 aprel kuni o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi.

Dunyodagi eng yirik samolyotning sinov parvozi Moxave cho‘li ustida o‘tkazildi.

Samolyot o‘zi bilan fazoga sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishga qodir raketalarni olib chiqa oladi.

Дунёдаги энг йирик учоқ синов парвозини амалга оширди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00

Samolyotni Scaled Composites muhandislik shirkati qurgan.

Eng katta samolyotning qanotlari uzunligi 117 metr bo‘lib, u oltita Boeing 747 dvigateli bilan jihozlangan.

Shanba kungi sinov davomida ulkan samolyot 2,5 soat parvoz qilgan. Bunga qadar samolyot faqat yerda turib turli sinovlardan o‘tkazilgan edi.

Sinov davomida samolyotda 304 km/s tezlikka yetib, 5182 metr balandlikka ko‘tarilgan.

Stratolaunch shirkatini Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen yo‘lga qo‘ygan. Shirkat yer orbitasiga kichik yo‘ldoshlarni olib chiqishning qulay va ishonchli vositasini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Ammo o‘tgan yilning oktabrida Allen ulkan samolyot parvozini ko‘ra olmay vafot etdi.

XS
SM
MD
LG