Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:09

“100 yoshga kirgan momo nogironlik aravachasi ololmayapti”


Jizzax viloyati, Baxmal tumanining Bog‘ishamol QFY, Istiqlol qishlog‘ida yashovchi yuz yoshli birinchi guruh nogironi, Sharofat Isaeva qariyb o‘n yildan buyon nogironlik aravachasi ololmayapti.

Bu haqda OzodMikrofonga murojaat qilgan momoning jiyani Meliqo‘zi Xudoyqulovning aytishicha, u xolasi nomidan tuman hokimligiga ariza yozib berganiga uch yil bo‘lgan:

“Momomiz yolg‘iz ayol, farzandi yo‘q. Choli ancha oldin o‘lib ketgan. O‘n yilcha bo‘ldi oyog‘i ishlamay to‘shakka mixlanib qolgan. Tuman hokimligiga ariza yozib berganimdan keyin, xotin-qizlar qo‘mitasidan bir ayol kelib ko‘rdiyu ketdi. Tamom boshqa hech kimning ishi bo‘lmadi. Momomiz ilgari kolxozda ishlagan, ketmon chopgan. Hozir qizim qarab turibdi”.

ОзодМикрофон: “100 ёшга кирган момо ногиронлик аравачаси ололмаяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:04 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG