Линклар

Шошилинч хабар
19 май 2024, Тошкент вақти: 04:47

Telia “o‘zbek ishi”ni yopdi; AQSh investorlari esa "o‘zbek ishi" bois MTSni sudga berdi


MTS aksiyalarining AQSh birjalarida sotuvga qo‘yilgani¸ uning Amerika huquq-tizimlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilishiga huquqiy asos beradi.
MTS aksiyalarining AQSh birjalarida sotuvga qo‘yilgani¸ uning Amerika huquq-tizimlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilishiga huquqiy asos beradi.

Aksiyalarining uchdan biri Shvetsiya hukumatiga qarashli Telia (eski nomi TeliaSonera) shirkati AQSh hukumati bilan O‘zbekistondagi 350 million dollarlik pora janjali yuzasidan erishilgan kelishuv shartlarini bajarish yakuniga yetganini e’lon qildi.

Bu yangilik arafasida AQShdagi qudratli yuridik shirkatlardan biri Gulnora Karimovaga 420 million dollar pora berganini tan olish orqali Amerika hukumati bilan kelishuvga erishgan MTS shirkatini investorlarni aldaganlik aybi bilan sudga berdi.

Telianing "qutulish yo‘li"

20 mart kuni bosh qarorgohi Stokholmda joylashgan Telia Company AQSh bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra zimmasiga olgan jarimaning so‘nggi qismini ham to‘laganini e’lon qildi.

AQSh Adliya vazirligi¸ Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi va Hollandiya Bosh prokuraturasi bilan 2017 yil sentabrida sudgacha kelishuvga erishgan Telia «o‘zbek ishi»ni ëpish uchun rekord darajadagi 965 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘lgan edi.

AQSh Adliya vazirligi o‘tkazgan tergov davomida shirkat O‘zbekiston telekom bozoriga kirish va u yerda imtiyozli faoliyat yuritish uchun Gulnora Karimovaga tegishli offshor shirkatlariga 350 million dollardan ko‘proq pora berganini tan oldi.

20 mart kuni Telia Hollandiya prokuraturasi hisobiga 208¸5 million dollar pul o‘tkazish bilan o‘z faoliyatining O‘zbekistondagi korruptsiya janjali bilan bog‘liq sahifasini yotganini bildirdi.

2017 yilda erishilgan kelishuvda belgilangan 965 million dollarning qolgan qismi AQSh tizimlariga to‘landi.

2018 yilning 5 dekabr kuni “Telia Company Ucelldagi ulushini (FE Coscom LLC) 215 million AQSh dollariga qarzdan xoli asosda sotganini e’lon qildi. Bu qarori bilan AQSh bilan kelishuv shartiga muvofiq "toksik aktivi" - Ucelldan qutulgan Telia nafaqat O‘zbekiston¸ balki butun Yevroosiyo mintaqasini tark etdi.

AQSh hukumati bilan “til topgan” MTS endi investorlar qahriga uchradi

19 mart kuni Nyu Yorkda joylashgan Rosen Law yuridik firmasi bir guruh investorlar nomidan AQSh federal mahkamasiga shikoyat arizasi topshirganini e’lon qildi.

Rosen Law firmasi o‘zini jahon bo‘ylab firibgarlar va korporativ qonunbuzarlikka uchragan sarmoyadorlar haq-huquqini himoya qiluvchi xalqaro shirkat deb taqdim etadi. Shirkat o‘z bayonotida¸ Rossiyaning eng yirik telekom shirkatini sudga berganlarning 2014 yil martidan 2019 yil martiga qadar MTS aksiyalarini sotib olgan investorlar ekanini bildirdi.

Advokatlik firmasi¸ bu investorlar nom iva sudga arizaning aynan qaysi kuni topshirilganini ochiqlamadi.

Sudga berilgan shikoyat arizasida Rosen Law advokatlari aksiyalari AQSh birjalarida ochiq savdoga qo‘yilgan MTSga beshta ayb qo‘ydi.

Bular esa:

1) MTS va uning mahalliy filiali O‘zbekistonda 420 million dollarlik pora sxemasiga tortilgan.2) 2014 yili AQSh prokuraturasi O‘zbekistondagi faoliyatini tergov qilayotganini e’lon qilgani ortidan MTS AQSh hukumatiga katta miqdorda jarima to‘lashga majbur bo‘lishini oldindan bilgan.3) MTSning AQSh hukumati bilan hamkorlik darajasi yetarli bo‘lmagan.4) Ana shu hatti-harakatlar oqibatida MTS jinoiy javobgarlikdan qutulish uchun AQSh hukumatiga 850 million dollarlik jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.5) Bularning oqibatida MTSning 2014 yildan beri jamoatchilikka bergan baënotlari yolg‘on yoki chalg‘ituvchi bo‘lgan.

2019 yilning 7 mart kuni MTS ham AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi​ hamda AQSh Adliya vazirligi bilan sudgacha kelishuvga erishilganini e’lon qilgan edi.

Bu kelishuvda¸ 2004-2012 yillarda O‘zbekistonga kirish va ishlash uchun Gulnora Karimovaga oid shirkatlarga 420 million dollar pora berganini tan olgan MTS¸ Amerika huquq va moliya tizimlariga 850 million dollar miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. AQSh tarixidagi eng katta jarimalardan biri bo‘lgan bu mablag‘ to‘lanishi ortidan AQSh prokuraturasi MTSning O‘zbekistondagi faoliyati ustidan borayotgan tergovni to‘xtatdi va MTS Amerika sudida jinoiy javobgarlikka tortilish ehtimolidan qutulib qoldi.

Ammo bu kelishuvga erishilgani e’lon qilinishidan ikki hafta o‘tib-o‘tmay¸ MTS aynan O‘zbekistondagi korrupsion sxemalar bois¸ yangi sud tahdidi qarshisida qoldi.

O‘z bayonotida MTS aksiyalarining barcha egalariga murojaat qilgan Rosen Law firmasi¸ ularni 2019 yilning 20 mayiga qadar¸ sudga berilgan arizaga qo‘shilishga da’vat qilgan.

Hozircha investorlarning MTSdan o‘zlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun qancha tovon puli talab qilayotgani ochiqlanmadi.

Telia, VimpelCom va MTS Gulnora Karimovaga qariyb 1 milliard dollar pora berganini tan olgani ortidan AQSh Adliya vazirligi hozirda O‘zbekistonda qamoqda saqlanayotgan Gulnora Karimovaga ham poraxo‘rlik¸ pul yuvish kabi rasmiy ayblar qo‘yilganini e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG