Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:12

Mirziyoevning Germaniyaga tashrifi oldidan Berlinda Nemis-O‘zbek biznes forumi ish boshladi


O‘zbekistonga nemis kapitalini jalb qilish va o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni jonlantirish imkonlarini muhokama qilgan Nemis-O‘zbek biznes forumi dushanba kuni Germaniya poytaxti Berlinda ish boshladi.

Germaniya iqtisodining sharqiy qo‘mitasi uyushmasi (Ost-Ausschuss – Osteuropaverein der Deutschen Wirtschaft e.V.“ (OAOEV) va O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan tadbir ochilishida O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov va Germaniya iqtisod va energetika vazirligi davlat kotibii Urlix Nussbaum (Dr. Ulrich Nußbaum) ishtirok etdi. Tadbir qatnashchisi O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jaev Siemens, Linde, MAN kabi ulkan nemis shirkatlari bilan shartnoma tuzilganiini olqishladi.

Kamtar raqamlar

O‘zbekiston rasmiylari ochiqlagan hisobotga ko‘ra¸ 2018 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha Germaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 526 million dollarni tashkil qilgan. ​

Bu raqam Germaniyaning Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari iqtisodidagi ishtiroki bilan qiyoslaganda anchayin oz ko‘rinadi.

Misol uchun Germaniyaning Qozog‘iston bilan 2017 yildagi tovar aylanmasi 5 milliard dollarni tashkil qilgan edi. Bu O‘zbekistondagi raqamlarga qaraganda 10 marta ko‘p degani.

Nemis sarmoyadorlari nimadan cho‘chimoqda?

Berlinda o‘tayotgan Nemis-O‘zbek biznes forumi qatnashchisi¸ Markaziy Osiyo siyosati va iqtisodi bo‘yicha taxliliy maqolalar muallifi Edda Shlager Ozodlik muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistonda sarmoyadorlar uchun muhim bo‘lgan shaffoflik¸ qonun ustuvorligi va mustaqil sud institutlari rivojlanmagan. Suhbatdoshga ko‘ra¸ saytlar blok qilingan¸ ijtimoiy tarmoqlar yopib qo‘yilgan hamda bir kishi siyosiy irodasiga bo‘ysunishda davom etayotgan bugungi O‘zbekiston realligi nemis sarmoyadorligi uchun joziba kasb qilmagan.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga nemis kapitalining yetarlicha qiziqish ko‘rsatmayotgani mamlakatning yaqin o‘tmishida rasmiy Toshkent va germaniyalik tadbirkorlar o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatning hali esdan chiqmagani ham omil sifatida ko‘riladi.

2009 yili Toshkentdagi Forumlar saroyi qurilishida qatnashgan nemis shirkatlariga haq to‘lashda muammolar yuz bergani germaniyalik tadbirkorlarni O‘zbekistondan hurkitgan omillardan biri sifatida ko‘riladi.

Forumlar saroyi qurilishida qatnashgan 20ga yaqin nemis shirkati katta hajmdagi ishni bajarganiga qaramay yuz million yevrodan ziyod bo‘lgan haqini olishi uzoq va mashaqqatli kechgan edi.

2010 yilda Germaniya iqtisodiyot va texnologiya vazirligi rasmiysi Bernxard Dux O‘zbekiston hukumati bir nechta nemis shirkatlariga jami 130 million yevro miqdorida qarzni to‘lamay kelayotgani haqida bayonot bergan edi.

Oradan 9 yil o‘tib o‘zbek mulozimlari nemis tadbirkorlarini bunday holat o‘tmishdagi avtoritarizm sarqiti bo‘lgani¸ boshqa takrorlanmasliga ishontirishga urinmoqda.

15 yanvar kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi nemis sarmoyadorlariga quyuq ziyofat bermoqchi va bundan, tahlilchilar nazarida, “Karimov davrida sovuqlashgan aloqalarni yumshatish” ko‘zlanmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 20-22 yanvar kunlari Germaniyaga rejalangan rasmiy tashrifi ham “ikki davlat o‘rtasidagi iliq iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning ” ehtimoliy istiqboli bilan bog‘liq.

Shavkat Mirziyoev rasmiy tashrif chog‘ida Germaniya kansleri Angela Merkel va prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashishi rejalangan.

Bu uchrashuvlar ortidan jurnalistlar va matbuot vakillari uchun brifing yoki matbuot anjumani rejalanmagan.

Mirziyoevning Germaniyaga tashrifi arafasida nemis vatandoshlari 15 yanvardan boshlab O‘zbekistonga 30 kungacha bo‘lgan muhlatga vizasiz kela olishi mumkinligi e’lon qilingan edi.

XS
SM
MD
LG