Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:18

Kosonsoyda kambag‘allarga berilishi kerak bo‘lgan uylarni hokimlik xodimlari olmoqda


Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Cho‘ngbosh MFY, Panixon ko‘chasida ijarada yashaydigan 33 yashar Nargiza Bozorovaning OzodMikrofonga iddao qilishicha, kam ta’minlangan oilalarga berilishi kerak bo‘lgan uylarni hokimiyatda ishlaydigan mulozimlar olyapti.

“Uch yosh farzandim bor, qaynotam, erim birinchi guruh nogironi. Yetti yildan buyon ijara uyda yashaymiz. Hokimiyatga har yili arz qilib borsam, ana uy beramiz, mana beramiz, deb aldab kelyapti. Mening uylarga qilinadigan boshlang‘ich to‘lovim ham yo‘q. Hokimlik har yili boshlang‘ich to‘lovni biz qilganmiz deydi. Surishtirib bilsam hokimiyatda ishlaydigan bir ayolga prezident fondidan boshlang‘ich to‘lovni qilib yuborishgan ekan. Biz kambag‘allarga esa hech narsa yo‘q”, deydi Nargiza Bozorova.

Косонсойда камбағал оилага берилиши керак бўлган уйларни ҳокимлик ходимлари олмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG