Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:20

Vodiyda gazga navbat kutgan mashinalar qatori 5 kilometrga cho‘zildi (VIDEO)


Farg‘ona viloyatida, xususan, Bag‘dod, Rishton, Oltiariq tumanlarida bir haftadan buyon metan gazi taqchilligi kuzatilmoqda. Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan farg‘onalik o‘z xabariga 22 dekabr kuni Qo‘qon shahrining yangi vokzaliga yaqin joydagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida tasvirga tushirgani videoni ilova qildi.

"O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi mulozimi 22 dekabr kuni Ozodlikka bunday holat yuzaga kelish sababini gaz bosimining pastligi, gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar yetarli miqdorda gaz yetkazib berolmayotgani bilan izohladi.

Водийда газга навбат кутган машиналар қатори 5 километрга чўзилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:40 0:00
Бевосита линк

Video muallifining aytishicha, unda 22 dekabr, mahalliy vaqt bilan soat 12 atrofidagi ahvol aks etgan. Videoda gaz quyish uchun navbat kutayotgan avtomashinalarning uzun qatorini ko‘rish mumkin. Videoni suratga olgan, ismi aytilmasligini so‘ragan muallifga ko‘ra, avtomashinalar navbati 5 kilometrga cho‘zilgan. “Navbatda kamida 150 ta moshin bor”, dedi u.

Қўқонда метан газга навбат, 22 декабрь 2018 йил
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:35 0:00

Gaz taqchilligi to‘g‘risida Ozodlikka xabar qilgan farg‘onalikning aytishicha, u 22 dekabr kuni Rishton, Bag‘dod va Oltiariq tumanlarida ham bo‘lgan, Oltiariqdagi bir zapravka oldida 100 tacha, Bag‘doddagi zapravka oldida 200 tacha mashina turganini ko‘rgan.

Asaka shahri (Andijon) yaqinidagi gazga navbatda turgan avtomashinalar. 2018, 22 dekabr
Asaka shahri (Andijon) yaqinidagi gazga navbatda turgan avtomashinalar. 2018, 22 dekabr

"O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Ozodlikka bunday holat yuzaga kelish sababini gaz bosimining pastligi, gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar yetarli miqdorda gaz yetkazib berolmayotgani bilan izohladi:

"Sababi gaz bosimi past. AGNKSlarning o‘z normasi bor, ular trubadagi gazni yig‘ib olib, bosim bilan beradi. Hozirgi gaz bosimi past bo‘lgan holatda, zapravkalar hamma kolonkalarini ham birday ishlata olmaydi. Shuning uchun mashinalar navbati ko‘payib ketmoqda. Havo sovib ketgani uchun gaz iste’moli ortib boryapti, shuning uchun birinchi navbatda aholi gaz bilan ta’minlanyapti. Sho‘rtandagi, Muborakdagi gaz ishlab chiqaruvchi korxonalardan gaz kam kelyapti. Hozir bu muammoni bartaraf etish ustida ishlanmoqda", dedi "O‘ztransgaz" mulozimi.

Asakadagi gaz quyish shoxobchasi kolnkasining bosim bildirgichi
Asakadagi gaz quyish shoxobchasi kolnkasining bosim bildirgichi

Ayni paytda bu ahvol to‘g‘risida 21 dekabr kuni mahalliy nashrlar ham xabar qildi. Xususan, kun.uzga ko‘ra, gaz taqchilligi nafaqat Farg‘ona viloyati, balki umuman vodiyda kuzatilmoqda.

“18 dekabrdan buyon Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari, oddiy xalq tili bilan «zapravka»larda oxiri yo‘q navbatlar paydo bo‘la boshladi”, deb xabar qilgan sayt o‘z materialiga qator foto va videolar ilova qilgan.

Sayt o‘z xabarini mana bu savol bilan yakunlagan:

“Hammani faqat bitta umumiy savol qiynaydi. «Qachongacha?». Yillar o‘tib boryapti. Muammoga esa yechim yo‘q”.

O‘tgan yilning yanvar oyida ham Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarining shahar va tumanlarida avtomobillarga quyiladigan metan gazining taqchilligi yuzaga kelgan edi. Ozodlik mobil muxbirlari yuborgan foto va videolarda avtomobillarning bir necha kilometrlik navbatlari aks etgan, haydovchilar Ozodlikka 5-6 soatdan navbatda turishganini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG