Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 08:25

“Orqamda odamim yo‘qligi uchun hokim yerimni olib qo‘ydi”


Andijon viloyatining Andijon tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan “Odinaxon oltin tolasi” fermer xo‘jaligi rahbari Odinaxon Hojibekovani OzodMikrofon ga arz qilishicha, tuman hokimi uning erini o‘zboshimchalik bilan olib, boshqa fermerlarga taqsimlab bergan.

“Orqamda go‘ng tashib bug‘doy qilgandim. Hokimning buyrug‘i bilan militsiya boshlig‘i o‘sib turgan bug‘doyimga mollarni haydab, besh gektar yerimni payhon qildirdi. Lekin, shunda ham davlatga 20 tonna bug‘doy topshirdim. Har yili bug‘doy rejasini ortig‘i bilan bajarib kelganman. Ammo, hokim menga bir og‘iz aytmasdan, yerimni boshqalarga bo‘lib yubordi. Chunki, men zaifa ayolman, chunki mening orqamda katta ishlarda ishlaydigan qarindoshim yo‘q”, deydi Odinaxon Hojibekova.

“Орқамда одамим йўқлиги учун еримни ҳоким қонунсиз олиб қўйди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:54 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG