Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:01

OzodTa’sir: O‘qituvchilarning “So‘g‘diyona” klubiga o‘tkazgan pullari qaytariladigan bo‘ldi


Jizzaxda “So‘g‘diyona” klubi uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilgani haqidagi Ozodlik maqolasi ortidan Xalq ta’limi vazirligi yig‘ilgan pullarni o‘qituvchilarga qaytarish harakatlarini boshladi. Klub uchun jizzaxlik o‘qituvchilardan jami 272,15 million so‘m yig‘ilgani aniqlangan. Vazirlik bu pullar noqonuniy yig‘ilganini tan olgan.

Ozodlikning Jizzax viloyatidagi maktablarning o‘qituvchilari oyligidan bir kunlik ish haqi (o‘rtacha 70-100 ming so‘m oralig‘ida) “So‘g‘diyona” futbol klubi hisobiga o‘tkazilgani haqidagi 6 noyabr kungi maqolasidan 9 kun o‘tib, Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning pullarini o‘zlariga qaytarilishini e’lon qildi.

Ozodlikka bog‘langan jizzaxlik o‘qituvchilar oktabr oyi oyligidan bir kunlik ish haqini viloyatdagi “So‘g‘diyona” futbol klubiga o‘tkazib berishga majburlanganini aytishgan edi.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining 15 noyabrdagi bayonotiga ko‘ra, jizzaxlik o‘qituvchilardan 272 156 729 so‘m mablag‘ yig‘ilgani aniqlangan va hozirda ushbu mablag‘larni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Jizzaxdagi o‘qituvchilardan klub uchun pul yig‘ish aksiyasi Jizzax viloyat hokimi Ergash Solievning 2 noyabrdagi maxsus farmoyishi asosida o‘tkazilgan edi.

Ozodlik qo‘lga kiritgan hokimning ushbu farmoyishi nusxasida klub uchun pul yig‘ish aksiyasi doirasida 3-4 noyabr kunlari xayriya hashari o‘tkazish lozimligi va viloyatdagi "boshqarma, idora va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘"ni “So‘g‘diyona” klubi hisob raqamiga o‘tkazib berish buyurilgan.

Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, Jizzax hokimi Ergash Solievning “So‘g‘diyona” klubi uchun pul yig‘ish borasidagi ushbu farmoyishi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-sonli “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga zid ravishda qabul qilingan.

Vazirlik umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat O‘zbekiston Prezidentining tegishli hujjati yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori mavjud bo‘lgandagina tashkil etish mumkinligini ta’kidlagan.

Xalq ta’limi vazirligining Axborot xizmatiga ko‘ra, Jizzax hokimining “So‘g‘diyona” klubi uchun pul yig‘ish borasidagi farmoyishi bekor qilingan va “So‘g‘diyona” futbol klubi hisob raqamiga noqonuniy o‘tkazilgan pul mablag‘larini qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

XS
SM
MD
LG