Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:19

OzodMikrofon: "Nohaq ishdan bo‘shatishdi, nogiron qizim bilan ko‘chada qoldim"


Osiyo Qo‘chqorova Mustaqillikning 25 yilligiga berilgan ko‘krak nishoni taqdimotida, sentabr, 2016 yil
Osiyo Qo‘chqorova Mustaqillikning 25 yilligiga berilgan ko‘krak nishoni taqdimotida, sentabr, 2016 yil

Andijon viloyati Baliqchi tumani Pensiya jamg‘armasining xo‘jalik ishlari mudiri Osiyo Qo‘chqorova ishdan nohaq bo‘shatilganini da’vo qilib, OzodMikrofon rukniga bog‘landi.

Uning shikoyat qilishicha, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi buni tan olgan va uni ishga qayta tiklash haqida yozma ko‘rsatma bergan, ammo bu va boshqa ko‘rsatmalar jamg‘arma rahbarlari tomonidan befarq qoldirilmoqda.

Aytishicha, shu kunda u bir nogiron qizi bilan ishsiz og‘ir ahvolda qolgan, ayni paytda, uysiz qolish arafasida.

- Ipotekaga uy olgan edim va u maoshimga bog‘langan edi. Uch oy ichida to‘lov qilmasam, qizim bilan ko‘chada qolishim mumkin. Yolg‘iz onaman, 8 yildan beri shu jamg‘armada ishlab kelaman. Bunga qadar ham ishdan nohaq bo‘shatishgan, ammo kurashganman va ishga qayta tiklashgan. Bu gal esa, jamg‘armaga kelgan yangi rahbar, yozma ko‘rsatma va hujjatlarga amal qilmayapti, - deya iddao qildi Osiyo Qo‘chqorova.

Quyida bu ayol bilan suhbatni tinglang:

OzodMikrofon: "Ноҳақ ишдан бўшатишди, ногирон қизим билан кўчада қолдим"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:59 0:00
Бевосита линк

* * * * * * * * * * * * * * * * *
“Erkin mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG