Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:02

OzodTa’sir: Mardikorning qovurg‘asini sindirgan militsiya xodimi ustidan jinoyat ishi ochildi


Buxoro viloyat prokuraturasi mardikorni urib, qovurg‘asini sindirgan ichki ishlar xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochdi. Buxoro tumanida yashovchi 46 yoshli mardikor Rustam Mavlonov 26 oktabr kuni militsiya xodimi uni do‘pposlaganidan so‘ng shifoxonaga tushib qolgani haqida Ozodlikka xabar bergan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining bildirishicha, Mavlonovning Buxoro tuman IIB xodimi uni hech bir sababsiz urib, tan jarohati yetkazgani haqidagi Ozodlik radiosiga qilgan murojaati o‘rganilgan.

Mazkur xolat bo‘yicha Buxoro tumani jamoat tartibini saqlash batalyoni safdori Jamshid Ramazonovga nisbatan 29 oktabr kuni O‘zbekiston JKning 206-moddasi 1-qismi ("Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda”, - deyiladi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati bildiruvida.

Prokuraturaning aniqlashicha, 21 oktabr kuni militsiya xodimi Ramazonov yo‘lda Rustam Mavlonov va uning sherigi Shavkat To‘ylievni mastlikda gumonsirab, mashinasini to‘xtatgan.

"To‘yliev katta yo‘l yoqasigacha olib ketishni so‘raganidan IIB xodimi “Men senga taksistmanmi?” deb mushti bilan qorin qismga urib, ularni har ikkalasini mashinaga mindirib, avtomashinada bo‘lgan tuman IIB XPB profilaktika inspektori Oybek Xalloqov bilan “Rabotiqalmoq” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan militsiya tayanch punktiga olib kelgan. ​Shundan so‘ng militsiya xodimi ularni xizmat xonasiga olib kirib, kaltaklagan. Ularning ko‘krak va qorin qismiga oyog‘i bilan tepib, ularga tan jarohati yetkazgan", - deyiladi Bosh prokuratura bildiruvida.

​Viloyat sud tibbiy ekspertizasining 27.10.2018 yildagi 92-t-sonli xulosasiga ko‘ra, Rustam Mavlonovga “sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil” tan jarohati va Shavkat To‘ylievga 26.10.2018 yildagi 152-sonli xulosasiga ko‘ra “yengil tan” jarohati yetkazilgan.

Mavlonov va sherigi To‘yliev 26 oktabr kuni Ozodlikka murojaat qilib, militsiya xodimlari ularni kaltaklab, tan jarohati yetkazgani haqida shikoyat qilgan edi.

Mavlonov Buxoro shahar kasalxonasiga yotqizilgani va qovurg‘asi singani haqdagi hujjatlarni ham Ozodlikka taqdim etgan edi.

- Qornimga tepdi. Yotib qoldim, yerga yiqildim. “Seni hozir kameraga qamayman”, deb yerda yotgan holimda yana tepdi. Sherigimni ham do‘pposladi, - degan edi Rustam Mavlonov 26 oktabr kuni Ozodlik bilan suhbatda.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlarining inson haq-huquqlarini poymol etishi haqidagi shikoyatlar¸ mamlakat prezidenti virtual qabulxonasiga tushayotgan shikoyatlarning kattagina qismini tashkil etadi.

O‘tgan yil noyabr oyida o‘tkazilgan hukumat majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ham Ichki ishlar organlarini qattiq tanqid qilgan edi.

Prezident portali ish boshlaganidan ko‘p o‘tmay e’lon qilingan rasmiy statistikaga ko‘ra¸ 2016 yil sentabri oxiridan 1 dekabrga qadar kelgan 217 ming shikoyatning 12 foizi aynan Ichki ishlar vazirligi faoliyati bilan bog‘liq.

Militsiya hodimlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi insidentlar haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

Shu yilning iyun oyida Qashqadaryoning Kitob tumanida homilador ayol militsiya zobiti uni kaltaklashi oqibatida u qornidagi homilasidan ajralib qolish xavfini boshidan kechirgan haqida Ozodlikka shikoyat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG