Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:37

Bosh vazir Pashinyan bloki Yerevandagi saylovda ishonchli g‘alaba qozondi


Mashhur aktyor va prodyuser Hayk Marutyan (suratda) olgan ovozlar uning Yerevan shahri meri bo‘lishi uchun yetib ortadi.
Mashhur aktyor va prodyuser Hayk Marutyan (suratda) olgan ovozlar uning Yerevan shahri meri bo‘lishi uchun yetib ortadi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bloki poytaxt Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan munitsipal saylovda ishonchli g‘alaba qozondi. Bu yangi rahbar uchun birinchi ulkan sinov bo‘ldi.

Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 24 sentabrda Pashinyanning “Mening qadamim” bloki 81 foiz ovoz olganini e’lon qildi. Bu natija asosiy nomzod, mashhur aktyor va prodyuser Hayk Marutyan Yerevan shahri meri bo‘lishi uchun etib ortadi.

Tadbirkor Gagik Tsarukyanning “Gullab-yashnayotgan Armaniston” (GYaA) partiyasi marraga 7 foizlik natija bilan ikkinchi bo‘lib yetib keldi. “Luis” ittifoqi esa 5 foiz ovoz oldi, deyiladi MSK axborotida. Ikkala guruh ham Pashinyan boshliq hukumatda vazirlik lavozimlariga ega.

Yana 9 nomzod, jumladan, parlamentdagi “Armaniston inqilobi” partiyasi nomzodi kechagi saylovda bundan ham battar natijalar ko‘rsatdi.

Armaniston saylov qonunchiligiga ko‘ra, siyosiy birlashmalar shahar kengashiga o‘tishi uchun kamida 8 foiz ovoz olishi kerak. Lekin qonunchilikda yana shahar kengashiga kamida uchta siyosiy guruh o‘tishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Bu “Luis” ittifoqi ham deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishini anglatadi.

MSK saylovda 43,7 foiz saylovchilar ovoz berganini ma’lum qildi. 2017 yil mayida bo‘lib o‘tgan saylovda saylovchilarning 41 foizi ovoz bergan va unda Armaniston Respublikachilar partiyasi nohalol yo‘llar bilan g‘olib chiqqan edi. Partiya bu safar shahar kengashiga nomzodlarini qo‘ymadi.

Pashinyan mahalliy saylov kampaniyasida faol ishtirok etdi, chunki mamlakat aholisining deyarli yarmi yashaydigan Yerevandagi saylov uning siyosiy kelajagi uchun referendum vazifasini o‘tab berdi. Bosh vazirga bir necha oydan so‘ng bo‘lib o‘tadigan parlament saylovi oldidan “kuchli mandat” kerak edi. Shuning uchun u saylovchilarga qarata ikki marta murojaat qildi.

GYaA partiyasi va “Luis” ittifoqi rahbarlari Pashinyan blokini g‘alaba bilan tabrikladi.

Yerevan shahar kengashiga saylov jarayonidagi qonunbuzarliklar haqida raqib partiyalar vakillarining ham, mahalliy kuzatuvchilarning ham shikoyatlari juda kam bo‘ldi.

Armaniston Tergov qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ko‘p marta ovoz berishga urinish singari huquqbuzarliklar xususida 25 ta shikoyat kelib tushgan. Qo‘mita ularning barchasini tergov qilishga va’da berdi.

Armanistonda muxolifati yillar davomida saylov hokimiyatdagi partiya manfaatini ko‘zlab o‘tkazilayotganidan shikoyat qilib kelayotgan edi.

Nikol Pashinyan 8 mayda Armaniston Bosh vazir etib tayinlanganidan keyin korrupsiyaga qarshi keskin kurash e’lon qildi.

23 aprel kuni Armanistonda deputat Pashinyan yetakchiligidagi muxolifat tarafdorlarining qariyb ikki hafta davom etgan norozilik chiqishlari ortidan hukmron partiya tomonidan Bosh vazirlikka saylangan sobiq prezident Sargsyan iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG