Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:56

Toshkentlik ayol chaqalog‘ining o‘limida shifokorlarni ayblamoqda


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Prezident plastik karta tizimidagi monopoliyaga barham berishni buyurdi. Ekoharakat ruxsat etilmagan joyga chiqindi tashlaganlarga jazo joriy etishni taklif qildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Prezident plastik karta tizimidagi monopoliya holati va boshqa kamchiliklarga e’tibor qaratdi

O‘zbekistonda monopol mavqeda bo‘lgan “Uzcard” tizimining bir necha kun davomida ishlamay qolishi va bundan millionlab odamlar aziyat chekishi ortidan mamlakat Prezidenti “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror e’lon qildi (“XXI asr”, 20 sentabr).

Qarorda bank kartalari va boshqa naqd pulsiz hisob-kitob tizimidagi kamchiliklarga alohida e’tibor qaratilgan.

“Chakana to‘lovlarni qayta ishlash bo‘yicha davlat protsessing markazining mavjud emasligi milliy to‘lov tizimining xavfsizligi darajasini kamaytirmoqda, to‘lov infratuzilmasining yagona integrallashuviga erishish imkonini bermayapti hamda bir monopol tizimning mutlaq ustun bo‘lishiga olib kelmoqda”, deyiladi qarorda.

Davlat rahbari 2020 yilning 1 yanvariga qadar mahalliy va xalqaro bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblarga ko‘maklashuvchi Milliy banklararo protsessing markazini tashkil etish topshirig‘ini bergan.

Ekoharakat: ruxsat etilmagan joyga chiqindi tashlaganlar jazolanishi kerak

O‘zbekiston hududlari bo‘ylab aholi tomonidan chiqindining belgilanmagan joyga tashlanishi avj olib, buning oqibatida noqonuniy axlatxonalar ko‘paymoqda (“Jamiyat”, 14 sentabr).

Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, chiqindini belgilanmagan joyga tashlash bo‘yicha 13,1 ming holat aniqlangan.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikda ruxsat etilmagan joylarga chiqindi tashlagan shaxslarni javobgarlikka tortish mexanizmi mavjud emas. Shu bois Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlar guruhi qonunchilikka bu borada jazo choralarini kiritishni taklif qilmoqda.

Qonunchilik palatasi spikeri Boriy Alixonovga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bu borada o‘zgartirish kiritilishi muayyan natija beradi.

Ekoharakat aynan qanday jazo turi kiritishni taklif etayotgani ochiqlanmagan.

Chaqalog‘i nobud bo‘lgan ona shifokorlar ustidan Bosh prokuraturaga arz qildi

Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi Eleonora Xamidullina emlashdan keyin nobud bo‘lgan ikki yarim oylik o‘g‘lining o‘limida shifokorlarni ayblamoqda (“Darakchi”, 20 sentabr).

Hududdagi oilaviy poliklinika shifokorlari E.Xamidullinadan chaqalog‘ini emlatishga olib chiqishni so‘ragan. U shifokorlarga bolasida gipoksiya (kislorod yetishmasligi) kasalligi borligi, shu bois faqat poliomielitga qarshi emlatishga roziligini bildirgan.

Shifokor esa pnevmokokka qarshi emlatish ham shartligi, bu hech qanday salbiy reaksiya bermasligini aytgan. Biroq emlashdan keyin bolaning harorati ko‘tarilib, bosh qismi ko‘karib ketgan.

E.Xamidullinaga ko‘ra, 3-shahar bolalar shifoxonasi xodimlari ham chaqaloq miyasidagi shishni zudlik bilan bartaraf etmay, bir necha kunni o‘tkazib yuborishgan. Oqibatda hayot uchun bir necha kun kurashgan chaqaloq vafot etgan. E.Xamidullina ushbu holatda shifokorlarni ayblab, Bosh prokuraturaga murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, mas’uliyatsiz shifokorlar boshqa bolalarga ham zarar keltirmasdan ularga qonuniy chora ko‘rish kerak.

XS
SM
MD
LG