Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:58

O‘zbekistonlik tadbirkorlar O‘shda xitoylik hamkasblari bilan hamkorlik masalasida so‘zlashdi (FOTO)


O‘shdagi ko‘rgazmada 30dan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkor ishitrok etmoqda.
O‘shdagi ko‘rgazmada 30dan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkor ishitrok etmoqda.

O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelgan 30 nafar tadbirkor O‘shdagi “Yug EKSPO-2018” Xalqaro universal ko‘razma-yarmarkada xitoylik tadbirkorlar bilan o‘zaro xamkorlik qilish to‘g‘risida dastlabki so‘zlashuvlarni o‘tkazmoqdalar.

15 avgustda ish boshlagan mazkur ko‘rgazma uch kun davom etadi. Unda 36 xorij va 22 mahalliy kompaniya ishtirok etmoqda.

Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasining Janubiy Departamenti tomonidan tashkil qilingan ko‘rgazma-yarmarkada O‘zbekistondan tashqari Tojikiston, Xitoy shirkatlari va mahalliy tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Bu yerda xo‘jalik, tibbiyot va qurilish mahsulotlari namoyish qilinmoqda.

Farg‘onadagi “Sayqal” savdo ishlab chiqarish korxonasi ko‘rgazmada nogironlar uchun ishlab chiqarligan aravachalarva turli moslamalarni namoyish etmoqda.

Korxona direktori Abdurahmon Niyozovning aytishicha, 2006 yilda Germaniya, 2014 yilda Daniya bilan ikkita qo‘shma korxona ochib tibbiy moslamalar chiqarishni boshlagan. Korxona turli innavatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona tomonidan so‘nggi ishlab chiqilgan yangilik bu sobiq o‘t o‘chiruvchi parashok va o‘t o‘chiruvchi suyuqlikdir.

- O‘t o‘chiradigan parashok va o‘t o‘chiradigan suyuqlikni yaqinda sertifikatini oldik. Bu mahsulotlarni endi sotuvga chiqarayapmiz. Bu benzin bilan kerosin aralashgan olovni 14 sekundda o‘chiradi va qaytib yonmaydi. O‘t o‘chirishda eng og‘ir narsa, o‘t o‘chirganingizdan keyin qaytadan yonib ketishi. Biz yaratgan parashok bilan suyuqlik bunga yo‘l qo‘ymaydi. Mana shu narsalarni olib kelib qirg‘izistonliklarga namoyish qildik. Bularda katta qiziqish bo‘ldi. O‘ylaymizki, o‘zaro hamkorlik rishtalari tuziladi va davom etadi, -deydi korxona direktori Abdurahmon Niyozov

Uning so‘zlariga ko‘ra, korxona Tojikiston va Qozog‘istonga o‘z mahsulotlarini sotadi. Hozirda Bishkekdagi Sog‘liqni saqlash vazirligida korxona tomonidan ishlab chiqarilgan eshitish moslamalari ro‘yxatdan o‘tkazilayabdi. Bundan tashqari yaqin kelajakda toshdan qog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalanmoqda.

O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi vakili, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Narimon Dadaboevga ko‘ra, ular qo‘shni davlat tadbirkorlari bilan o‘zaro xamkorlik to‘g‘risida gaplashgan. Jumladan, xitoylik tadbirkorlar yaqin kunlarda Toshkentga tashrif buyurishlarini bildirishgan.

- Xitoylik tadbirkorlar bilan gaplashdim. Ular ikki-uch haftadan keyin Toshkentga boramiz deyishdi. Bizda ham hamkor topish istagida bo‘lgan tadbirkorlar bor. Bular borgunicha biz ularning kerakli ma’lumotlarini saytimizga joylashtiramiz. Qiziqiqqanlar bo‘lsa bular borganidan keyin o‘zaro uchrashtirib qo‘yamiz. Qolganini o‘zlari kelishib, shartnoma tuzib ish olib borishaveradi, - dedi Narimon Dadaboev.

Tashkilotchilarga ko‘ra, bunday tadbirlar qo‘shni davlat va xorijiy tadbirkorlarning o‘zaro aloqalar o‘rnatishiga ko‘prik bo‘ladi. Tadbirdan maqsad mahalliy tadbirkorlarni xorij tadbirkorlari bilan savdo aloqalarining rivojlanishiga ko‘maklashishdir.

XS
SM
MD
LG