Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:56

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambaevning eng yaqin odamlaridan yana biri qamoqqa olindi


Bishkekning sobiq meri Albek Ibraimov.
Bishkekning sobiq meri Albek Ibraimov.

Sobiq prezident Atambaevning eng yaqin odamlaridan biri sifatida ko‘riladigan Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov 19 iyulda korrupsiyada ayblanib qamoqqa olindi.

Қирғизистон собиқ президенти Атамбаевнинг энг яқин одамларидан яна бири қамоққа олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00

Shu kuni Bishkek shahar Birinchi May tuman sudi ehtiyot chorasi sifatida Albek Ibraimovni 29 avgustgacha hibsda saqlash to‘g‘risida hukm chiqardi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bildirishicha, Albek Ibraimov qator jinoyatlarda ayblanmoqda.

-Albek Ibraimov 2018 yilning 19 iyulida Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Tergov bosh boshqarmasiga gumonlanuvchi sifatida olib kelindi. U “Dastan” zavodining direktori bo‘lib turganida 270 ming dollarni o‘z foydasiga o‘zlashtirib olganlikda, Issiqko‘ldagi “Solnechniy bereg” pansionatini sotish orqali davlatga 152 million so‘m ziyon keltirganlikda va poytaxt meri bo‘lib turganida 5 gektar yerni sotganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan uchta jinoyat ishi ochildi, - dedi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rasmiy vakili Raxat Sulaymanov.

Bosh vazir Muhammedkaliy Abilgaziev 19 iyulda Albek Ibraimovni Bishkek meri lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bir necha kun oldin Bishkek shahar kengashi Albek Ibraimovga ishonchsizlik bildirib, uni lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risida Bosh vazirga tavsiya kiritgan edi.

Ibraimovning advokati Sergey Slesarev sudning qarorini noqonuniy deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, sobiq merga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishga hech qanday asoslar bo‘lmagan.

-Sudning bu qarori, afsuski, Jinoyat-protsessual kodeks talablari buzilgan holatda qabul qilindi. Birinchidan sud ochiq o‘tishi kerak edi, biroq u yopiq tarzda o‘tdi. Ikkinchidan, Albek Ibraimov tergovchilardan qochmagan, u uyida bo‘lgan. Shuning uchun uni hibsga olishga hech qanday asos yo‘q edi. Bundan tashqari moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish xavfsizlik xizmati vakolatiga kirmaydi, bu ish bilan moliya politsiyasi shug‘ullanishi lozim edi, - dedi Sergey Slesarev.

Sobiq prezident Almazbek Atambaev Albek Ibraimov hibsga olingani ortidan bayonot tarqatdi. Unda sobiq prezident Ibraimovning ishi holis tergov qilinishiga ishonmasligini, Ibraimov “Dastan” zavodining tarixida birinchi marta foyda olib kelgan rahbar bo‘lib qolganini, buning uchun uni sudlab bo‘lmasligini ta’kidlaydi.

2016 yilda Bishkek merligiga saylangan 51 yoshli Albek Ibraimov 1997 yildan beri Atambaevning eng yaqin odamlaridan bo‘lib kelgan.

5 iyun kuni Atambaevning eng yaqin odamlari ekani aytiladigan sobiq bosh vazir Sapar Isaqov, Bishkekning sobiq meri Qubanichbek Kulmatov, deputat O‘smo‘nbek Artiqbaev korrupsiyaga aralashganlikda ayblanib qo‘lga olingan edi.

18 iyunda esa korrupsiya ayblovi bilan 2012-2014 yillarda bosh vazir lavozimida ishlagan Janto‘ro‘ Satibaldiev qamoqqa olingan.

XS
SM
MD
LG