Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:34

Ehtiyot bo‘ling: havo harorati 45 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda


Generic -- Sun, heat
Generic -- Sun, heat

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya markaziga tayanib, mahalliy axborot vositalarining xabar qilishicha, 19 iyuldan boshlab mamlakatning bir qator viloyatlarida havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi.

18 iyul kuni Tojikistondan olingan xabarda bir dehqon ayol issiqdan halok bo‘lgani aytildi.

Payshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

FVV 19 iyuldan boshlab 5 kun havo harorati favqulodda ko‘tarilib ketishi to‘g‘risida ogohlantirgan edi.

Tojikistonlik Saydiniso Shomirzoeva, o‘g‘li Safaralining 16 iyul kuni Ozodlikka aytishicha, onasi erta tongdan dalaga paxta chopig‘iga borgan va to‘satdan vafot etgan.

“Ish paytida onam to‘satdan hushidan ketib, jon bergan. Shifokorlar bizga “onangizni yuragi juda issiq havoga chidolmagan” deyishdi. O‘sha kuni havo harorati 45 darajani tashkil etishi aytilgandi,”-dedi Safarali. U onasi sog‘lom bo‘lgani, hech qanday kasallikdan shikoyat qilmaganini aytdi.

Saydiniso Shomirzoeva har kuni 3 kilometrlik masofani kesib paxta dalasiga borardi.

Aytilishicha, 19-23 iyul kunlari respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5–7 darajaga yuqoriroq bo‘lib, 40–43 darajani tashkil etadi.

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi qon bosimi yuqori bo‘lgan, astma va yurak kasaliga mubtalo shaxslarga issiq havoda zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka tavsiya berib, jaziramada bunday kasalliklar kuchayishi haqida ogohlangantirgan.

Tojikiston gidrometerologiya stansiyasi ma’lumotiga binoan, shu kunlarda havoning kunduzgi harorati Xatlon viloyatida 43 daraja, So‘g‘d viloyatida 42 daraja va Dushanbe shahrida 41 darajagacha qizishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG