Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:07

Termiz kasalxonasida ayolning intim a’zosida o‘tkazilgan operatsiya videoga olindi va Internetda tarqatildi


Xalqaro va mahalliy qonunchilikka ko‘ra¸ shaxsning salomatligi¸ xususan¸ kasalligiga oid ma’lumot sir saqlanadi.
Xalqaro va mahalliy qonunchilikka ko‘ra¸ shaxsning salomatligi¸ xususan¸ kasalligiga oid ma’lumot sir saqlanadi.

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri markaziy kasalxonasida favqulodda tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib kelgan ayol jinsiy a’zosida o‘tkazilgan amaliyot bemor ruxsatisiz operatsiya xonasida bo‘lgan tibbiyotchilar tomonidan videoga olindi va bu videoyozuv Internetda tarqatildi.

Videoyozuvdan operatsiyani o‘tkazgan vrachlar bemorni masxara qilayotgani eshitiladi.

Tibbiyot muassasasida bemor o‘z boshidan kechirgan, uning shaxsiy intim hayotiga oid voqeaning videoga olinishi va bu videoning Internetda tarqatilishi, Ozodlik suhbatlashgan boshqa vrachlar va huquqshunoslar fikricha, tibbiyot siri¸ shaxs qadr-qimmati va inson haqlariga oid O‘zbekiston va xalqaro qonunchilikni qo‘pol tarzda buzishdir.

17 iyul kuni Ozodlikka yetib kelgan 1 daqiqa 10 sekundlik videoda ginekologik kresloda yotgan ayol ustida o‘tkazilgan amaliyot aks etgan. Ayolning jinsiy a’zosi aks etgan videotasvirda¸ hushida yoki behush ekani aniq ko‘rinmayotgan ayol qiniga tiqilib qolgan sabzini olishga urinayotgan vrach va hamshiralarning qo‘llari ko‘rinadi¸ ammo o‘zlari ko‘rinmaydi. Ayni paytda¸ amaliyot o‘tkazayotganlarning rus va o‘zbek tilidagi o‘zaro suhbati eshitiladi.

Термиз шаҳар гинекология бўлимидан интернетга тарқатилган видео
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:01 0:00

Video mazmunidan ginekologiya kabinetida bo‘lganlar hammasining bu amaliyotning videoga olinayotganini ko‘rib¸ bilib turgani anglashiladi – sabzi tortib olingandan so‘ng erkak vrach kamera qaratayotgan shaxsdan uni yaqinroq ko‘rsatishni so‘raydi.

Videotasvir rus tilida gapirayotgan ayolning “Novoe protivozachatochnoe sredstvo Surxandarinskoy oblasti.. muzrabadskaya morkovka vo vlagalishche” degan gapi va xonadagilarning baravar kulishi bilan tugaydi.

Kim¸ qachon¸ qaerda?

Ozodlikka bu videoni yuborgan surxondaryoliklardan biri¸ uning iyun oyida Telegram kanallarida tarqab ¸ qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketganini aytish bilan cheklandi.

Surxondaryo viloyatidagi kasalxonalardan biri vrachi¸ voqeaning yanvar oyida Termiz shahar markaziy kasalxonasining ginekologiya bo‘limida sodir bo‘lganini bildirdi.

“Menga ham ko‘rsatishdi. Men videoda ayolning ustidan kulayotgan vrachni taniyman. U Termiz shahar kasalxonasi ginekologiya bo‘limi boshlig‘i Lyudmila Klimova (familiya eshitilishiga qarab yozildi¸ juz’iy xatolik bo‘lishi mumkin – tahr.) Muzrobotlik ayolni olib kelishgan¸ bular tibbiy yordamga muhtoj bir zaif ayolning ustidan kulib¸ shu ishni qilayapti. Vrach sifatida ham¸ bir inson sifatida ham dahshatga tushdim. Bunday vaziyatga istalgan ayol – xotinimiz¸ onamiz¸ singlimiz¸ qizimiz tushib qolishi mumkin. Bu vrachlar ham tibbiyot siri¸ ham inson sha’niga oid qonunlarni oyoqosti qilayapti. Men hozircha hamma ko‘rgan bu voqea bo‘yicha biror surishtiruv-tergov o‘tkazilayotganidan xabarim yo‘q. Bu ishni qilganlar haliyam har kuni ayollarimizni ginekolog kresloga chiqarib qo‘yib¸ bilganini qilib yuripti¸” dedi shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan surxondaryolik vrach.

Surxondaryo viloyat Tibbiyot birlashmasi mulozimlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda videoning Termiz kasalxonasida bo‘lgani va unda rus tilida gapirayotgan ayolning ginekologiya bo‘limi rahbari Lyudmila Klimova ekanini tasdiqladi.

Voqeaning qachon sodir bo‘lgani¸ butun jarayonlar tibbiyot siri sifatida qattiq qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan kasalxona va ginekologiya xonasidagi bu amaliyotni kim ¸ nima maqsadda videoga olganini aniqlash va unga izoh so‘rash maqsadida Ozodlik muxbiri 17 iyul kuni Termiz shahar markaziy kasalxonasi ginekologiya bo‘limi rahbari Lyudmila Klimovaning o‘zi bilan bog‘landi.

Bo‘lim rahbari¸ bu voqeaning o‘z bo‘limida¸ shaxsan o‘zi ishtirokida bo‘lgani va videoga olinganini¸ undagi ovozning shaxsan o‘ziniki ekanini inkor qilmadi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:43 0:00
Бевосита линк

Ayni paytda Lyudmila Klimova suhbat davomida “buni men olmaganman¸ buni men olmaganman¸ kim olganini¸ qachon bo‘lganini eslay olmayman” deb takrorlashdan nariga o‘tmadi.

Ozodlikning voqea tafsilotlariga aniqlik kiritish so‘roviga javoban¸ “yarim soatdan keyin telefon qilsangiz¸ o‘rganib¸ xabar beraman”¸ degan bo‘lim boshlig‘i¸ yarim soatdan keyin ham¸ bir soatdan keyin ham qilingan qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

XS
SM
MD
LG