Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:57

O‘zbekiston Tojikistondagi sanoat korxonalariga gaz yetkazib berishni boshladi


“Tojiktransgaz” shirkatidan olingan ma’lumotga qaraganda O‘​zbekiston bilan munosabatlar yaxshilanishi barobarida bu mamlakatdan Tojikistondagi 12 korxonaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi.

Joriy yil mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida gaz bo‘yicha bitim imzolangandi.

“Tojiktransgaz” shirkati raisining birinchi muovini Shavkat Shoimov Dushanbeda 16 iyul kuni matubot anjumanida Tojikiston sanoat korxonalari o‘z mablag‘lari hisobiga O‘zbekistondan tabiiy gaz sotib olayotganini bildirdi.

“Asosan Tojikiston alyuminiy zavodi, “RegarGaz” va Dushanbedagi g‘isht zavodi O‘​zbekistondan tabiiy gazni jahon birjasida shakllanadigan narxlarda sotib olmoqda. Ammo hozircha aholini tabiiy gaz bilan ta’minlashda qiyinchiliklar mavjud. Birinchi navbatda, gaz quvurlari ta’milanishi lozim. Buning uchun katta mablag‘ kerak” - dedi Shavkat Shoimov.

Uning ma’lum qilishicha, qator korxonalar va aholi oxirgi yillarda “Tojiktransgaz” shirkatiga foydalangan gaz pulini to‘lamagan va shu bois ushbu shirkat hozirgi sharoitda aholi uchun O‘zbekistondan tabiiy gaz sotib olishga qodir emas.

Joriy yil mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida gaz bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Unga ko‘ra, 2018 yilda Tojikiston qo‘shni O‘zbekistondan 126 million kubometr gaz sotib oladi.

“Tojiktransgaz” shirkati ma’lumotiga kӯra, 1 ming kubometr gazning narxi 120 AQSh dollarini tashkil etadi.

2012 yilda O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazishni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Natijada, Tojikistonning qator yirik sanoat korxonalari gaz o‘rniga ko‘mirdan foydalanishni boshladi.

Ammo tojikistonlik ekologlar ko‘mir tutuni va chiqindilari mamlakat atrof-muhiti va odamlar hayotiga katta ziyon yetkazishi mumkinligidan ogohlantirib keladi.

Tojikiston energetika vazirligi joriy yil bahoridan “Regar” kichik stansiyasidan (podstansiya) O‘zbekistonning janubiy mintaqalariga elektr quvvati yetkazish boshlagan.

Hozircha O‘zbekiston janubidagi Surxondaryo viloyatiga 680 million kilovat elektr quvvati yetkazilgan.

XS
SM
MD
LG