Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:35

OzodDayjest: Alisher Uzoqov: San’atni yig‘ishtirib, hammollik qilaman


Artist Alisher Uzoqov.
Artist Alisher Uzoqov.

Toshkentda Nikolay tangalarini sotayotgan ayol ushlandi. “Sevgi iztirobi” filmi efirdan olingani bois aktyor Alisher Uzoqov san’atni yig‘ishtirib, hammollik qilmoqchi.Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Toshkentda Nikolay tangalarini sotayotgan ayol ushlandi

Toshkent shahrida Nikolay zamonida zarb etilgan tilla tangalarni sotayotgan ayol ushlandi (“Inson va qonun”, 2018 yil 11-son).

Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi Farrux To‘raxo‘jaev xabar bergan. Ismi oshkor etilmagan ayolga buvisidan Nikolay II davrida zarb etilgan 10 rubllik 51 dona tilla tanga meros bo‘lib qolgan.

Ayol farzandiga to‘y qilish uchun bir dona tangani 370 dollardan, jami 18870 dollarda sotishga uringan.

Qayd etilishicha, Nikolay tilla tangalari valyuta qimmatligi hisoblanib, ularni sotish huquqbuzarlik sanaladi. Ayol meros sifatida saqlab kelgan qonuniy mulki – tangalarni qay tartibda sotishi lozim edi, degan masalaga oydinlik kiritilmagan.

“Sevgi iztirobi” filmi efirdan olingani bois aktyor Alisher Uzoqov san’atni yig‘ishtirib, hammollik qilmoqchi

​Turkiyaning “Sevgi iztirobi” filmi dublyajida bosh rol ijrochisiga ovoz bergan aktyor Alisher Uzoqov serialning efirdan olinishini tanqid qildi.

“Teletomoshabinlarga ham serial dublyaji manzur bo‘layotgandi. Dublyajda yangilik bo‘lar, deb o‘ylab o‘tirmay taqiq qo‘yishdi. Bu ketishda san’atni yig‘ishtirib, g‘isht tashiyman. Yo Alisher Navoiy, yo Shukur Burhon davrida yoki bir necha asrdan keyin tug‘ilishim kerak edi” degan aktyor “Darakchi” nashriga intervyusida.

Serial ma’naviyatga to‘g‘ri kelmaydi degan sabab bilan efirdan olingan edi.

Aktyor Alisher Uzoqov serialga e’tirozlarning asossiz ekanini aytgan.

“Vaholanki, mavzusi bir xil bo‘lgan o‘zbek seriali va filmlari telekanallarda berilyapti-ku. Kuni kecha “Otalar so‘zi” ko‘rsatuvida namoyish qilingan o‘zbek filmiga ko‘zim tushdi. Qahramon qiz ichib olib, diskotekada yuribdi. Tunda uyga qaytib, otasiga baqiryapti. Bu ma’naviyatmi?!” degan Alisher Uzoqov.

Ellikqal’alik 114 yoshli Poshsha momo sog‘lig‘idan shikoyat qilib biror marta shifoxonaga bormagan

​Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida yashovchi Poshsha momo Yusupova tabarruk 114 yoshni qarshilamoqda (“Oila davrasida”, 22 mart).

Momoning 80 yoshli o‘g‘li Do‘stjon ota volidasi biror marta sog‘lig‘idan shikoyat qilib, shifoxonaga bormagani, hatto shamollash nimaligini bilmasligini aytgan.

Qayd etilishicha, 114 yoshli onaxon hamon tetik, qo‘liga hassa tutmagan, so‘zlari burro, ko‘zlari ravshan. Poshsha momo tinimsiz mehnat va harakat, sog‘lom fikrlash va qalb pokligi uzoq umr ko‘rish siri ekanini aytgan. Keksa onaxonning 6 farzandi, 100 dan ziyod chevarasi, 100 ga yaqin evarasi va 30 ga yaqin duborasi bor.

XS
SM
MD
LG