Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:15

Netanyahu: Isroil havo hujmlari Eron va Suriyaga qattiq zarba berdi


11 fevral kuni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Isroil armiyasi Suriyada bir necha havo hujumini amalga oshirib, Eron va Suriya kuchlariga «qattiq zarba» berganini ta’kidladi.

Bosh vazir Isroil unga qilingan har qanday hujumga mos javob berishda davom etishini ta’kidladi.

Bir kun avval Netanyahu o‘z mamlakati tinchlik tarafdori ekani, ammo o‘zini Erondan himoya qilishda davom etishini ta’kidlagandi.

Netanyahu, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan suhbatlashganini aytdi.

Rasmiy Vashington Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llashini bildirdi.

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish esa Suriya hududida Isroil havo hujumlarini amalga oshirgani ortidan mamlakatda zo‘ravonlikni «zudlik bilan» to‘xtatishga chorladi.

BMT matbuot kotibi Stefan Duyarrich 10 fevral kuni e’lon qilgan bildiruvda Guterrish «Suriya bo‘ylab kuch olayotgan xavotirli harbiy vaziyatni yaqindan kuzatayotgani» aytiladi.

Duyarrichga ko‘ra, Guterrish barchani «zo‘ravonlikni to‘xtatib, o‘zini tiyish uchun chora ko‘rishga» chorlaydi.

Joriy haftada Isroil Suriyada Eron dastaklayotgan kuchlarni hujumga tutdi. Bunga qadar Turkiya Suriya shimolida harbiy amaliyotni boshlab yuborgan.

9 fevral kuni Isroil Suriyada Eron dastaklayotgan guruhlarni hujumga olib qaytgan «F-16» uchog‘i o‘qqa tutilib, qulab tushganini, ammo uchuvchilar tirik qolganini bildirdi.

Isroil Eron droni o‘z havolariga kirgani uchun javob o‘laroq hujum qilganini aytmoqda. Ammo Tehron bu iddaoni keskin rad etdi.

Suriya Isroil o‘z hududi ichida hujumlarni amalga oshirganini tasdiqladi, ammo Isroil havolariga dron yuborganini rad etdi.

BMT bosh kotibi Guterrish esa barcha taraflarni tezkorlik bilan siyosiy echim topib, janglarni to‘xtatishga chorlamoqda.

Suriyada 2011 yildan beri tinchimayotgan urush 330 mingdan oshiq odam umriga zomin bo‘ldi, millionlab odamni o‘z uyini tark etishga majburladi.

10 fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari qo‘mitasi matbuot kotibi Liz Trossel:

- Suriyada joriy hafta avj olayotgan zo‘ravonlik va qon to‘kish haftasi bo‘ldi. Olti kun ichida mingdan oshiq oddiy fuqaro halok bo‘ldi. Bizga kamida 277 oddiy fuqaro halok bo‘lgani haqida ma’lumot kelib tushdi. Ularning 230 nafari Suriya hukumati hamda uning hamkorlari amalga oshirgan hujumlarda halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 812 odam jarohat olgan, - dedi.

Rossiya hamda Eron Suriya prezidenti Bashar Assadni qo‘llaydi. AQSh va Turkiya esa mamlakatdagi turli isyonchi guruhlarni dastaklab keladi.

Diplomlatlarning aytishicha, BMT Xavfsizlik kengashi 14 fevral kuni Suriya bo‘hronini muhokama qiladi.

XS
SM
MD
LG