Линклар

Шошилинч хабар
19 сентябр 2025, Тошкент вақти: 11:06

72 yoshli farrosh: Hokim hammani oldida onamni so‘kdi...


Hokimlik huzuriga borgan nafaqaxo‘r haqorat eshitganini iddao qildi.
Hokimlik huzuriga borgan nafaqaxo‘r haqorat eshitganini iddao qildi.

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida yashovchi 72 yashar nafaqaxo‘r Muhabbat Sultonova Ozodlik bilan suhbatda shahar hokimini haqorat qilganlikda aybladi. U haqorat masalasida prokuror, militsiya yoki viloyat hokimligiga shikoyat qilish foydasiz ekani bois to‘g‘ridan to‘g‘ri bu haqda prezident portaliga murojaat qilgani, lekin hanuz javob olmaganini aytdi. Ammo, Shirin shahri hokimi nafaqaxo‘r iddaolarini inkor etdi.

40 yil Shirin shahri hokimligida farrosh bo‘lib ishlagan 72 yashar Muhabbat Sultonova shahar hokimi uni Ozodlikka shikoyat qilgani uchun haqoratli so‘zlar bilan xo‘rlaganini aytadi.

- Farzandlarimga uy so‘rab hokimga murojaat qilgan edim. Lekin, u meni yomon gaplar bilan quvib soldi. Keyin Ozodlikka bu haqda gapirdim. Shundan so‘ng u hammani oldida onamni so‘kdi. “O‘zingniyam, Ozod kanalingniyam ......”, deb haqorat qildi. Qon bosimim oshib kasalxonaga tushib qoldim. Hali shu paytgacha hech bir hokim meni onamni so‘kmagan edi, - deydi Muhabbat Sultonova.

Ammo Ozodlik suhbatlashgan Shirin shahri hokimi Ilhom Begaliev nafaqaxo‘rni tuhmat qilayotganlikda aybladi.

"So‘kkanim yo‘q"

- Men hech kimni so‘kkanim yo‘q, so‘kmayman ham. Meni ustimdan tuhmat qilishmasin. Har bitta gapimga javob beraman, huquq-tartibot organlari bor-ku, - deydi Begaliev.

Lekin, Sultonova haqorat masalasida prokuror, militsiya yoki sudga shikoyat qilish foydasiz ekani bois to‘g‘ridan to‘g‘ri bu haqda prezident portaliga murojaat qilgani, lekin hanuz javob olmaganini aytdi.

Shirin shahri hokimining so‘kong‘ichligi haqida hokimlikda ishlovchi mulozim ham Ozodlikka shikoyat qildi.

"O‘zidan kattalarga ham sensiraydi, hurmatsizlik qiladi, ayol-erkak bormi, so‘kinib gapiradi. O‘zi 78 yil bola. Boshqa hokimlarni videolari chiqib ketganidan keyin, bular ancha bosilib qoldi, lekin bari bir so‘kong‘ichligi bor," deydi ismi sir qolishini istagan mulozim.

Rahbarlarning qo‘l ostidagilarni yoki oddiy fuqarolarni haqorat qilishlari O‘zbekistonda keng tarqalgan.

Ҳокимдан калтак еган директор: Ҳоким раҳбарларни нафақат уради, балки тепадиям
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:17 0:00

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi maktablarning direktorlarini yig‘ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangan video 12 sentabr kuni Inernetda tarqalgandi.

Karimov merosi

O‘zbekistonlik siyosatshunos Toshpo‘lat Yo‘ldoshevning ishonishicha, hukumat idoralarida yuqori lavozimlarni egallagan shaxslar orasida axloqsizlik va zo‘ravonlik marhum prezident Karimov davrida kuchaygan.

- Mushtumzo‘rlik, so‘kong‘ichlik, hurmatsizlik Karimov prezidentligi davrida ko‘paydi. Sovet rejimi yomon edi, lekin so‘kong‘ichlik yoki mushtumzo‘rlik yo‘q edi u payt. Hozirgi O‘zbekistondagi mushtumzo‘rlik bu Karimov prezidentligining me’rosi, - deydi Toshpo‘lat Yo‘ldoshev.

XS
SM
MD
LG