Линклар

Шошилинч хабар
18 август 2025, Тошкент вақти: 22:51

Atambaev Qozog‘istonni Qirg‘iziston prezidenti sayloviga aralashayotganlikda aybladi


Almazbek Atambaev bir guruh qirg‘izistonliklarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida. 2017, 7 oktabr.
Almazbek Atambaev bir guruh qirg‘izistonliklarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida. 2017, 7 oktabr.

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambaevning Qozog‘istonning Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashayotganiga oid iddaolariga norozilik bildirdi.

“Ishonchimiz komilki, Qirg‘iziston prezidentining saylovoldi jarayonlar maqsadida mas’uliyatsizlik, fitnaga yo‘g‘rilgan va yolg‘on ta’kidlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stona va o‘zaro yordam rishtalariga ziyon yetkaza olmasligiga ishonchimiz komil”, - deyilgan Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi shanba kuni e’lon qilgan bayonotda.

Hujjatda Qozog‘iston Qirg‘iziston xalqi bilan an’anaviy qardoshlik munosabatlarini rivojlantirish yo‘nalishiga sodiq qolishi qayd etilgan.

Shanba, 7 oktabr kuni Almazbek Atambaev bir guruh qirg‘izistonliklarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida joriy oyda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi mavzuiga to‘xtalar ekan, Qozog‘iston rahbariyatini bu saylovga aralashayotganlikda aybladi.

Atambaevning aytishicha, Qozog‘istonda “Bakievni yaxshi ko‘rishadi”, u “hatto Qozog‘istondagi eng yuqori mansabli shaxslardan Bakievlar odamlarni o‘qqa tutib, to‘g‘ri ish qilgani haqidagi gaplarni eshitgan”.

Buning sababi, Atambaevning fikricha, uning Qozog‘istonga toza hokimiyat namunasini ko‘rsatib qo‘yayotganidadir.

“Chunki Atambaev Qozog‘istonga toza hokimiyat qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘ymoqda. Nursultan Nazarbaev Olmaotaning yalpi ichki mahsuloti Qirg‘izistonnikidan 5 barobar ko‘p, deb to‘g‘ri aytgan. Qozog‘istonning yalpi ichki mahsuloti Qirg‘izistonnikidan 20 barobar ko‘p. Lekin nima uchun Qozog‘istonning pensiyasi Qirg‘izistonnikidan 20 barobar emas, 1,5 barobargina ko‘p? Tariflar esa, 5 barobar baland. Chunki Qozog‘istonning boyligini o‘zlari o‘g‘irlamoqda. Atambaev ularga yomon namuna bo‘lmoqda. U adolatli hokimiyat qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ymoqda”,- dedi Almazbek Atambaev.

Qirg‘iziston rahbari o‘z nutqida Qozog‘istonning prezidentining yoshiga ham teginib o‘tdi.

"Nazarboevning bizga yosh prezident kelishi kerakligi haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatlayman. Biroq, bizdagi eng yoshi katta nomzod ham Nazarboevdan 20 yoshga kichikdir. Men esam, 16 yoshga kichikman. Bas, shunday ekan,kim yosh prezidentga muhtoj? Bizmi yo Qozog‘istonmi? Qozoqlar bizning birodarlarimiz, biz tarixni bilamiz. Qozoqlar – bu 500 yil oldin Chingizxon avlodidagi sultonni tayinlagan biz, hamda haligacha ularni qozoqlar emas, balki chingiziylar boshqarib turgandek tuyuladi ", - dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Atambaevning prezidentlik muddati joriy yil 1 dekabrda yakuniga yetadi. Konstitutsiyaga muvofiq, u o‘z nomzodini yana bir bor prezidentlikka ko‘rsatishi mumkin emas.

15 oktabr kuni o‘tkaziladigan prezident saylovi oldidan asosiy kurash Atambaevning izdoshi deb aytilayotgan Sooronbay Jeeenbekov bilan sobiq bosh vaziri Omurbek Babanov o‘rtasida ketmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev Babanov bilanbilan 19 sentabr kuni uchrashuv o‘tkazgan, bu urashuvdan oldinroq Nazarboev Jeenbekov bilan ham uchrashganligiga qaramay, aynan Babanov bilan uchrashuvdan so‘ng Qirg‘iziston TIV Qozog‘istonga norozilik notasini yuborgan edi..

XS
SM
MD
LG