Линклар

Шошилинч хабар
24 август 2025, Тошкент вақти: 15:46

OzodDayjest: Harbiy abiturientlarning imtiyozlari "chegara bilmaydi"


O‘zbekistonlik bloger Maqsud Salomov Davlat test sinovlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng yozgan blogida («Chegara bilmas imtiyoz»)​ harbiy imtiyozga ega bo‘lgan abiturientlar bunday imtiyozi yo‘qlardan katta ustunlikka ega bo‘lishi, natijada test sinovlarida barcha savollarga javob bera olgan abiturient ham bunday imtiyozli abiturientdan katta farq bilan ortda qolishini ochiq adolatsizlik sifatida baholagan.

Harbiylarga qo‘shib berilgan bu yilgi imtiyoz boshqa shaxslar imkoniyatini qanday chegaralaydi?

Bloger bu savolni o‘rtaga qo‘yarkan, o‘zi mana bunday javob bergan:

Birinchidan, berilgan imtiyoz soha jihatidan chegaralangan bo‘lishi lozim. Soha jihatidan chegaralanganligi shundan iboratki, harbiy xizmatni o‘taganlarga faqat harbiy OTMlarga kirish uchun ma’lum darajada imtiyoz berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Harbiy xizmatni o‘tab, imtiyozni qo‘lga kiritganlar armiyadagi zaxmatlari uchun qanchalik hurmatga loyiq bo‘lmasin, bu ularni tibbiyot, adabiyot yoki huquq kabi aqliy mehnat birinchi darajali hisoblanadigan sohalarda hech qanday aqliy imkoniyat bilan etib bo‘lmas darajadagi imtiyoz bilan ta’minlash - davlatdagi aqliy mehnat vakillarini majburan bir necha pog‘ona pastga turtkilab tashlashga sabab bo‘ladi. Agarda harbiy imtiyozga ega bo‘lganlar Ichki ishlar akademiyasi, TVAKU yoki shunga o‘xshash o‘z sohasi OTMlarigagina imtiyoz asosida qabul qilinsa, e’tirozlar ancha kamayadi.

Ikkinchidan, imtiyozning darajasi cheklangan bo‘lishi lozim. Ya’ni, imtiyozga ega bo‘lgan shaxs unga ega bo‘lmagan shaxs imkoniyatlarini butunlay yo‘qqa chiqarib tashlamasligi kerak. Bu yilgi tizim esa to‘laligicha yo‘qqa chiqardi: harbiy imtiyozsiz abiturient barcha savolga javob berdi, 226,8 to‘pladi va u kontrakt to‘lab o‘qishga majbur. Lekin harbiy imtiyozga ega abiturient 160 ball to‘pladi, imtiyozi yana 80 ball berdi va jami 240 ball bilan byudjetga kirdi. Bunda imtiyozsiz bola uchun byudjetga kirish imkoni nazariy jihatdan nolga teng qilib qo‘yildi - shafqatsiz darajadagi mantiqsizlik! Imtiyoz darajasini shunday belgilash kerakki, u abiturientga nazariy jihatdan 226,8 balldan yuqori ball olib bermasligi kerak. Axir mavjud ta’lim tizimimizdan to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 226,8 ballku! Bundan ortig‘ini taqdim qilish yaratib qo‘ygan ta’lim tizimida katta bo‘shliqni o‘z xohishi bilan paydo qilishdek gap.

XS
SM
MD
LG