Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2019, Тошкент вақти: 09:09

"Mirziyoev Sharof Rashidovning O‘zbekistonga qilgan xizmatlarini yaxshi anglaydi"


O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 22 dekabrdagi majlisda Jizzax viloyati Jizzax tumani nomini Sharof Rashidov tumaniga o‘zgartirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda ma’lum qilgan quyi palata matbuot xizmatiga ko‘ra, Jizzax tumanini Sharof Rashidov tumaniga aylantirish Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan.

Deputatlar bu qarorni “hukumat taklifi, keng jamoatchilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni umumlashtirish materiallari, geografik ob’ektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha hududiy va respublika komissiyalari tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida” qabul qilgani aytilmoqda.

Qonunchilik palatasining mazkur qarori ma’qullash uchun Oliy Majlis Senatiga yuborilgan.

O‘zbekistonni 1959 yildan 1983 yilgacha, ya’ni 24 yil boshqargan Sharof Rashidov nomini tiklash, guvohlarga ko‘ra, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoevning saylovoldi va’dalaridan biri bo‘lgan.

Kelgusi yil 100 yilligi nishonlanadigan bu arbob nomi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov davrida uzoq yillar e’tiborsiz qoldirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarda Rashidov yurak hurujidan vafot etgani to‘g‘risida aytilgan. Ayni paytda yillardan beri rasmiy xulosani mutlaqo inkor qiladigan versiyalar ham aytilib keladi. Ba’zilar Rashidovni zaharlangan, desa, boshqalar otib o‘ldirilgan, deydi, hatto o‘zini o‘zi otgan, deydiganlar ham bor.

Toshkentdan taniqli jurnalist Sharof Ubaydullaev - Kompartiya rahbari Sharof Rashidovni nafaqat shaxsan tanigan, balki uning qo‘li ostida ishlagan jurnalistlardan biri.

Sharof Ubaydullaevning ishonishicha, yaqinda saylangan prezident Shavkat Mirziyoev Sharof Rashidovning O‘zbekistonga qilgan xizmatlarini yaxshi anglaydi.

OzodNazar ruknida Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni haqida Sharof Ubaydullaev bilan suhbatlashdik.

OzodNazar: Шароф Рашидов ҳақида Шароф Убайдуллаев хотиралари...
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:39:34 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG