Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:52

Putin AQSh bilan munosabatlar yaxshilanishiga umid qilmoqda


V.Putin
V.Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Barak Obama ma’muriyatini tanqid qildi va Demokratik Partiya Hillari Klintonning AQSh prezident saylovida Respublikachi nomzod Donalьd Trampga mag‘lub bo‘lgani uchun uchun Demokratik Partiya o‘zini ayblashi kerak, deb aytdi.

AQSh va Rossiya munosabatlari "bundan yomonroq bo‘lishi mumkin emas," degan Vladimir Putin ikki mamlakat munosabatlarining yaxshilanishiga umid bildirdi.

Vladimir Putinning bu so‘zlari ​23 dekabr kuni uning Kremlda 12 marta jurnalistlar bilan yillik uchrashuvi chog‘ida yangradi.

Bir kun oldin o‘tkazilishi kutilgan bu uchrashuv Turkiyada otib o‘ldirilgan elchi Karlov bilan vidolashuv marosimi tufayli qoldirilgan edi.

An’anaviy bo‘lib qolgan bu uchrashuv kuzatuvchilar tomonidan yil sarhisobi sifatida qabul qilindi.

Kremlin.ru portali ma’lumotiga ko‘ra, unga qariyb 1,5 ming turli matbuot vakillari akkreditatsiya qilindi.

Uchrashuv Putinning Rossiyaga iqtisodiyotiga baho berishdan boshlab, Rossiyada inflyatsiya darajasi kamayib borayotgani va mamlakat xo‘jaligi, ayniqsa qishloq xo‘jaligida o‘sish qayd etilayotganini bildirdi.

Vladimir Putinning bu galgi matbuot anjumanida asosan ichki iqtisod va ijtimoiy hayot masalalariga katta e’tibor qaratildi. Eslatish joyizki, bir yil oldin Rossiya prezidenti Turkiya rahbariyati harakatlaridan o‘z noroziligini bildirgan edi.

Uchrashuv Putinning Rossiyaga iqtisodiyotiga baho berishdan boshlab, Rossiyada inflyatsiya darajasi kamayib borayotgani va mamlakat xo‘jaligi, ayniqsa qishloq xo‘jaligida o‘sish qayd etilayotganini bildirdi.

- Aholining real daromadlari kamayib ketdi... Ammo, Markaziy bankning oltin-valyuta zahiralari biroz ko‘paydi, dedi Putin.

“Exo Moskvi” jurnalistlari savollariga javob berib, Vladimir Putin Kreml oldida otib o‘ldirilgan Boris Nemsov ishi, Anqarada o‘ldirilgan Andrey Karlov va boshqa ovoza bo‘lgan ishlarni shaxsan kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

Vladimir Putin Gruziya va Ukraina bilan viza rejimi yo‘q qilinishi tarafdori ekanini aytib, bu sohada vaziyat birmuncha yaxshilanganini qayd etdi. Shu o‘rinda u Ukraina hukumatiga “Donbass aholisi ularni bosqinchi deb hisoblamaslik ustida” bosh qotirib qo‘rishni uqtirdi.

Davlat byudjeti masalasida to‘xtalib, Rossiya rahbari neft barreli narxi tushib borayotgani bois barcha sohalar bo‘yicha byudjet ajratmasi qisqartirilgani, faqat “Milliy mudofaa”ga ajratilgan mablag‘lar ko‘payotirilganini tasdiqladi.

Shuningdek, Vladimir Putin Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan Qrimdagi vaziyat iqtisodiy va ijtmoiy jihatdan murakkabligicha qolayotganini aytdi.

Rossiya xakerlik hujumlarini uyushtirganlikda va Amerikadagi saylovoldi kampaniyaga aralashganlikda ayblanmoqda, Obama esa aralashmaslikni so‘ragan. Siz buni tasdiqlay olasizmi?”, savoliga prezident Putin amerikaliklarga “aybdorlarni chetda qidirmaslikni” tavsiya qildi.

Rossiya prezidenti Turkiya va Rossiya munosabatlariga turli “ig‘vogarliklar” halal bermasligini ham qo‘shimcha qildi.

“Kommersant’” gazetasi muxbirining 2018 yilgi prezident saylovlari to‘g‘risida bergan savoliga davlat rahbari qisqa qilib “Vaqt ko‘rsatadi” ishini aytdi.

Shuningdek, Vladimir Putin SMS xabari uchun “davlatga xiyonat” moddasi bilan 7 yilga qamalgan Oksana Sevastidi ishini o‘z nazoratiga olishini ma’lum qildi.

Znak.com muxbiri Vinokurova “Nima uchun siz bir narsa gapirasiz, amalda esa biz mutlaqo boshqa narsalarni ko‘rayapmiz?”, degan savolni berib, “Rosneft” rahbari Igor Sechin kabi ayrim amaldorlarning dang‘illatib qurgan imoratlarini misol keltirdi.

- To‘g‘ri aytasiz – biroz kamsuqum bo‘lish lozim. Odamlarni g‘azabini qitiqlashdan na hojat?! - dedi Vladimir Putin.

Rossiya biznesi masalasiga to‘xtalib, u yaqin kelajakda Rossiyada tadbirkorlikka soliqlar oshirilmasligi ma’lum qildi.

Kutilganidek, Ukraina masalasida gapirar ekan, u Donbassga oid “Normandiya formati” juda sust faoliyat olib borayotgani, Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishiga qarshi emasligini ma’lum qildi.

Jurnalistlar undan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv qachon bo‘lishini ham so‘rashdi.

- Uchrashuv qachon bo‘lishini bilmayman, ammo u ikki taraflama munosabatlarning yaxshilanishiga bag‘ishlanadi, - dedi Vladimir Putin.

12 matbuot anjumanida Rossiya prezidentiga migrantlar va muhojirlik masalasida birorta savol berilmagani e’tiborga molik.

Salkam 4 soat davom etgan uchrashuv davomida u 50 ortiq savollarga javob berishga ulgurdi.

Yillik matbuot anjumanlarini Putin 2001 yildan buyon utkazib keladi. 2008-2011 yillarda u bosh vazir lavozimida bo‘lgani sababli muxbirlar savollariga javob bermagan, xolos.

XS
SM
MD
LG