Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:18

Fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik transvestitlar o‘g‘irlikda ayblanmoqda


O‘zbek transvestitlari Moskvaning tungi klublaridan birida ishlab kelgan
O‘zbek transvestitlari Moskvaning tungi klublaridan birida ishlab kelgan

Moskva viloyatida foto va videoapparatura hamda dekorativ chixuaxua itlarini o‘g‘irlaganlikda ayblanib uch nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Ozodlikka taqdim etilgan videotasvirlarda 20dan 35 yoshgacha bo‘lgan ushlangan yigitlar gey-klubda fohishalik bilan shug‘ullanib kelganiga iqror bo‘lganini ko‘rish mumkin. So‘roq davomida ular bu buyumlarni va qimmatbaho itlarni “xizmat haqi evaziga” olib ketganini gapirib berdi.

Moskva viloyat politsiyasi Ramenskoe tumanida o‘g‘irlikda gumonlanib uch nafar markaziy osiyolik muhojir ushlanganini xabar qildi.

Moskva viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Ozodlikka hodisa tafsilotlarini bunday tasvirlab berishdi.

- Biz ularning qaysi millatga mansub ekanligini aniqlashtirmayapmiz. Saytimizdagi ma’lumotga ko‘ra, ayblanuvchilar Bikovo qo‘rg‘onidagi xususiy dala hovlilaridan biriga kirib, u erdan noutbuk, fotoapparat, planshet va “Chixuaxua” zotiga mansub to‘rtta itni o‘g‘irlab ketgan. Jami keltirilgan zarar 500 ming rublga tenglashtirildi, dedi matbuot xizmati Yuriy Alekseev.

Jinoyatda ayblanayotganlarning shaxsiga oid ma’lumotlar ochiqlanmayotgan bo‘lsada, Ozodlikning politsiyadagi boshqa manbasi Bikovo qo‘rg‘onida ushlangan yigitlar transvestit ekani va shu uy egasinikiga fohishalik bilan shug‘ullangani kelganini tasdiqlab berdi.

Shuningdek, transvestit yigitlar uchovlon 27 noyabr kuni O‘zbekistonga uchib ketishga uchoqqa bilet sotib olgani ham aniqlandi.

Moskva viloyat Ichki ishlar vazirligidan ayblanuvchilarning operativ xodimlar tomonidan so‘roqqa tutilayotgani videotasvirini Ozodlikka taqdim etildi.

Ўзбекистонлик трансгендерлар итларни ўғирлаганликда гумонланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:56 0:00
Бевосита линк

(Video Moskva viloyat IIBsi tomonidan taqdim etildi)

Unda ayollar kiyimidagi ko‘rinishidan osiyolik bo‘lgan shaxs nima uchun bu jinoyatga qo‘l urgani sabablarini tushuntirishga urinadi. O‘zini Aida deb atayotgan ayblanuvchi uyda qolgan o‘zbek pasportini qidirayotganida och qolgan itlarni ko‘rib, ularni olib ketishga qaror qilganini aytadi.

- Ular mening ikki oy prostitutka sifatida intim ishlaganim uchun haqimni berishmadi. Uy egasi yo‘q ekan. Bizni bu yerga olib kelgan odamning ismi Timur ekan. U ana shu buyumlarni sotib, pulimizni berishini aytdi.Bizni esa o‘g‘irlikda ayblashayapti. Men esa sizlarga tushuntirayapman –fohishalik xizmatlarim uchun haq bermaganlari uchun bu narsalarni sotmoqchi edik. U yerda itlar uchun sumka bor ekan. Men Yagonaga “Senga kerakmi?” deb turganimda, yashil pasportlarimizni ko‘rib qoldim. “Ura!”, deb xursand bo‘ldim. Keyin taksi yolladik va o‘zbek tilida taksichidan bizni olib ketishini so‘radim, dedi Aida.

35 yashar o‘zbekistonlik Aida 1999 yildan buyon Rossiyada yurgani, vaqti-vaqti bilan O‘zbekistonga borib kelishini aytdi.

So‘roqqa tutilgan 20 yashar ikkinchi yigit esa atigi 9 oy oldin Rossiyaga kelib, tanasini sotib kun kechirganini aytib berdi. Ismi oshkor qilinmayotgan yigit ayollar ko‘kragini taqib, mijozlarga xizmat ko‘rsatishga majburlandim, deydi:

- Men fohishalik bilan shug‘ullanaman. Meni bu yerda ishlashga majburlashdi. Bu yerdan itlarni, allaqanday buyumlarni o‘g‘irlaganlikda ayblashayapti. Men aslida pasportimni olib ketishga kelgandim. Shu yilning 23 fevralidan Moskvadaman. O‘zbekistondan pul ishlagani kelganman, dedi ikkinchi yigit.

O‘zini Yagona deb tanishtirgan uchinchi ayolmijoz yigit Moskvaning gey-klublaridan birida ishlab kelganini aytdi.

Hozirda jabrlangan shaxsga chixuaxua itlarini qaytarib bergani, qolgan qimmatbaho apparatura tergov yakuniga qadar tergovchilarda qolishi ma’lum. Tergovchilar bu uyda o‘zbekistonliklar pasporti qaerdan paydo bo‘lib qolganini aniqlamoqda, zero hovli egasi ayollar kiyimidagi ushlangan shaxslarni birinchi marotaba ko‘rib turganini bildirgan.

Mazkur o‘g‘irlik yuzasidan Moskva viloyat Ichki ishlar Tergov boshqarmasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 158 moddasi, ya’ni “O‘g‘irlik” asosida jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ushlangan yigitlar aybi sudda o‘z isbotini topsa, ularga 6 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Hozirda Aida, Yagona va ismi noma’lum qolayotgan uchinchi o‘zbekistonlik tergov yakuniga qadar hibsga qoladi.

XS
SM
MD
LG