Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:11

Obid Asomov: 10 yildan beri O‘zbekistondagi katta sahnaga chiqmaganim alam qiladi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, rassom, qiziqchi Obid Asomov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, rassom, qiziqchi Obid Asomov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist¸ mashhur kulgi ustasi 54 yashar Obid Asomovga nisbatan o‘n yildan ko‘proq davom etgan norasmiy taqiq olib tashlangani ortidan qiziqchi Ozodlikka eksklyuziv suhbat berdi. Suhbatdosh 10 yil davom etgan norasmiy taqiq va uning bekor qilingani sabablari noma’lumligini ta’kidladi.

- Hech narsadan behabarman¸shunaqa bo‘lgan bo‘lsa hursandman¸ rahmat deyman. Aslida nima alam qiladi bilasizmi. Topish-tutishim yaxshi. Uy joyim to‘kis. Lekin chopib yurgan otni choptirmay bitta uyga obkirib bog‘lab qo‘ysangiz qiynaladi. U yugurishi kerak¸ u chopadigan ot. U musobaqalarda qatnashishi kerak¸ tushunyapsizmi. Men dunëning hamma sahnalarida chiqyapman hudoga shukur. Lekin baribir mana bu yerda o‘zimizni katta sahna turib¸ o‘shanga chiqa olmasangiz albatta alam qiladi. Alam qiladigan joyi bor men uni bekitmayman¸ deya gapirgan qiziqchi “millat o‘z kamchiliklari ustidan kula olishi” kerakligini ham alohida ta’kidladi:

-Mana bizdan oldin qiziqchilik qilgan rahmatli Ergash Karimovga ham oson bo‘lmagan. Sababi u davrdayam senzura juda kuchli edi. Ammo odamlar nazarida Ergash Karimov ulkan kuch timsoli edi. Odamlar “Man sani Ergash akaga aytaman u sani miniatyura qiladi” deb qo‘rqitishar edi. Shunga Ergash aka ikki o‘tni orasida yonardi. Birinchidan kamchiliklar ustidan kulish kerak¸ ikkinchidan rahbariyat uni ko‘rsatma¸ buni ko‘rsatma deb turadi. O‘zimni misolimda aytsam. Milisalarni poraxo‘rligini hajv qilganimda meni mashinada yuritmay qo‘yishdi. Bir amallab uzr so‘rab qutuldim. Nima qilaylik¸kimni gapiraylik¸ qaerga o‘taylik biz? Uni gapirma¸ buni gapirma. Faqat o‘zimyai kichkinaligimni gapiraymi. O‘zi shundan boshlaganman. Bo‘yim past deb o‘zimni ustimdan o‘zim kulardim. Ammo qachongacha? Hadeb o‘zingizni ustingizdan kulavermaysizku. Boshqa temaga o‘tsangiz. Masqara qildi¸ bizni kamsitdi¸ bizni millatni yerga urdi degan ta’nalar yog‘iladi. Yo‘q¸ yo‘q. Hazil orqali kamchiliklarni hajv qilish qiziqchini vazifasi. Bitta kitobda o‘qiganman. O‘zini ustidan kulishni bilgan millatgina kuchli millat deyilgan. Men shu gapga qo‘shilaman¸ deydi Obid Asomov.

Обид Асомов билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:10:03 0:00
Бевосита линк

Shu kunlarda o‘zbek telekanallari Asomov rol o‘ynagan filьmlarni qaychilamasdan namoyish qilmoqda.

"Yoshlar" telekanalidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ 25 sentabrdan boshlab efirga beriladigan fil’mlardan Obid Asomov tasviri yo ovozini kesmaslik va ko‘rsatuvlardan Asomov ishtirokidagi lavhalarni olib tashlamaslik haqida ko‘rsatma bo‘lgan:

- Setkaga eshittirish joylash bo‘yicha xavfsizlik bo‘limidan ko‘rsatma bo‘ladi odatda. Shu ko‘rsatmaga ko‘ra¸ bundan buyog‘iga Asomov bemalol efirga berilishi mumkin. Shu asosda u kishi ovoz bergan “Fantamas” filmi efirga ketdi. “Dev va pakana”¸ “Po‘sht aroba “ kabi Asomov bosh rol o‘ynagan filmlar ham efirga qaychilanmasdan uzatilishga tayyor turibdi. Bilsangiz¸ ilgari hatto filmda Asomov ovoz bergan joyi bo‘lsa kesib tashlaganmiz¸ dedi "Yoshlar" telekanali tahririyatidagi Ozodlik manbasi.

O‘zbekistonda taniqli xonanda va qiziqchilar konsertini uyushtirish bilan shug‘ullanuvchi Ravshanbek Omonovning Ozodlikka bildirishicha¸ Asomov 26 sentabr kuni Isroildagi gastroldan qaytib kelgan kuni norasmiy taqiq bekor qilinganidan voqif bo‘lgan:

- Telefon qilib aytishdi¸ bundan oldin Asomovning turmush o‘rtog‘i bundan voqif qilindi. Shu paytgacha Asomov to‘ylarda va mamlakat tashqarisidagi sahnalarda faoliyat ko‘rsatib keldi. Bundan buyon O‘zbekistondagi katta sahna va telekanallar "kulgi qiroli"ga eshik ochadi deb o‘ylayman¸ dedi Omonov Ozodlik bilan suhbatda.

26 sentabr kuni O‘zbekiston shou dunyosiga yaqin shoir Muhammad Ismoyil o‘zining Facebookdagi sahifasida uch nafar taniqli san’atkor zimmasidan taqiq olib tashlanganini yozdi.

“KEYINGI SOATLARDA YaXShI YaXShI XUShXABARLAR QULOG‘IMGA ChALINAYaPTI : NAVOIY MUKOFOTI SOVRINDORI, O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI, SAN’ATIMIZ QIROLI ShERALI JO‘RAEV, O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI YuLDUZXONIM USMONOVA, O‘ZBEKISTONDA XIZMAT KO‘RSATGAN ARTIST, DO‘STIMIZ OBIDJON ASOMOVLAR YaNA KATTA SAHNALARIMIZGA QAYTIShAYoTGAN EKANLAR"¸ deb yozdi Sherali Jo‘raev bilan yaqin aloqada ekani aytiladigan Muhammad Ismoyil.

Bu gaplar ortidan Yulduz Usmonova o‘z muhlislariga qarata “Sizlarni Istiqlol saroyida kutaman” deya saslandi.

Sherali Jo‘raev esa so‘nggi chorak asrda ilk bora O‘zbekiston telekanalidagi “Yetti mo‘jiza” eshittirishida jyuri hakami sifatida ishtirok etdi.

“Zapret”dagi mashshoqlar

Keyingi o‘n yil davomida O‘zbekistonda o‘nga yaqin ashulachi litsenziyadan mosuvo qilinib¸ shou biznesdagi istalmagan shaxslar ro‘yxatiga qo‘shilgan.

Farrux Zokirov¸ Sherali Jo‘raev¸ Yulduz Usmonova ¸ Obid Asomov¸ Sevara Nazarxon¸ Shahzoda Matchonova¸ Shohruh rep¸ Feruza Jumaniyozova¸ Otabek Madrahimov¸ Ozoda Nursaidova¸Farrux Soipov kabi san’atkorlarga qo‘yilgan norasmiy taqiq sabablari jamoatchilikka ochiqlanmagan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ aksar hollarda ashulachilarning davlat tadbirlari va mulozimlar to‘ylariga bormagani muammoga sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi eng katta “Istiqlol” kontsert zalida ishlaydigan ma’murning Ozodlikka aytishicha¸ Sherali Jo‘raev, Yulduz Usmonova hamda Abdulaziz Karimov kabi qo‘shiqchilar bilan shartnoma tuzmaslik borasida yuqoridan berilgan og‘zaki buyruq asosida bu san’atkorlar katta konsert sahnalariga qo‘yilmay kelindi.

Bu suhbatdosh bunday buyruqning aynan qaysi tashkilotdan tushganini ochiqlashni istamadi.

XS
SM
MD
LG