Sarlavhaga chiqarilgan savol taniqli publitsist Sharof Ubaydullaevga bugungi OzodNazarda berilgan savollarning asosiysi emas. Asosiysi emas, lekin bermasak bo‘lmaydigan savoldir. Gap esa, Samandar Qo‘qonovdan boshlandi, Mirziyoevning virtual qabulxonasiga ulandi va so‘ngra Karimovning haykaliga, uning portretiga borib etdi. “Agar istasangiz, Karimovning portretini yotoqxonangizga osib qo‘ying”, dedi Sharof aka...