Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:47

Andijonda besh odamni chopib o‘ldirgan shaxs tergov qilinmoqda


Rossiyada zo‘rlikda ayblanib qamalgan 28 yashar ayblanuvchi¸ besh odamni bolta va ketmon bilan chopib o‘ldirganiga iqror bo‘lgan.
Rossiyada zo‘rlikda ayblanib qamalgan 28 yashar ayblanuvchi¸ besh odamni bolta va ketmon bilan chopib o‘ldirganiga iqror bo‘lgan.

Andijon viloyati Izboskan tumani militsiyasiga ko‘ra, tuman markazi Poytug‘ shaharchasida 5 million so‘m uchun 8 yoshli ikki qizaloq doxil besh kishini o‘ldirgan shaxs tergov qilinmoqda.

Tergov ishiga aloqador zobitning Ozodlikka ma’lum qilishicha, O‘tkir Amonov ismli 28 yashar yigit 28 oktabrda kunning ikkinchi yarmida birin-ketin bir oiladan uch odam¸ shuningdek yana bir erkak va bir qizaloqni ketmon va bolta bilan chopib tashlaganini e’tirof etgan.

Ozodlikka tergov ga yaqin manbadan ma’lum bo‘lishicha, ayni kunning o‘zida qo‘lga olingan O‘tkir Amonovga O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 97-moddasi “b” bandi, ya’ni qasddan besh kishini o‘ldirish aybi qo‘yilgan.

“O‘limga teng oddiy hazil”

Tergov ishiga aloqador militsiya zobitining aytishicha, dastlabki tergov xulosasiga ko‘ra¸ Poytug‘dagi qop va qanor ishlab chiqarish korxonasida ishlagan O‘tkir Amonov o‘tgan juma kuni Jo‘ra Siddiqov ko‘chasida dastlab o‘z tanishi 78 yashar Valentina Zveryevani ketmon bilan chopib tashlagan.

Militsiya zobitiga ko‘ra, dastlabki tergov jarayonida O‘tkir Amonov xususiy hammom egasi bo‘lgan Valentina Zverьevani o‘ldirib, go‘yoki u yashirib qo‘ygan 5 million so‘mni olmoqchi bo‘lganini aytgan.

Tergov ishiga aloqador zobit Zverьevaning tanishi Amonovga qilgan “oddiy hazili” uning hayotiga zomin bo‘lganini aytadi.

Shaharchada ko‘pchilik taniydigan Valya opa O‘tkirga qizi Rossiyadan unga 5 million so‘m yuborganini hazillashib aytgan. Ammo bu o‘limga teng oddiy hazil bo‘lib nihoya topgan. O‘tkir kampirning uyiga haftada bir-ikki marta hammomga tushgani kelib turarkan. Amonov juma kuni hammom olish bahonasida kampirning uyiga kirib, ketmon bilan chopib o‘ldirgan. Keyin, jasadni uyning tualeti tomonidagi somonxonaga yashirib, pulni qidirishga tushgan,” - dedi tergov ishiga aloqador zobit.

Qotilliklar silsilasi

Tergov ishidan ma’lum bo‘lishicha, dastlabki qotillikni yashirish urinishi Amonovni qotilliklar silsilasiga qo‘l urishga undagan.

Shu payt Valentina Zveryevaning 1984 yilda tug‘ilgan nevarasi Dilafro‘z Yo‘ldosheva uyga kirib qoladi. Enam qani? – deb so‘rasa, bir joyga ketdi, menga uyga qarab tur deb aytdi, deb qizni aldaydi. Keyin, payt poylab, Jo‘ra Amonov ayolni bolta bilan chopib tashlaydi. Shu payt Dilafro‘zning 8 yashar qizi dugonasi bilan kirib keladi. Amonov ularni ham chopib tashlaydi. Keyin bo‘lsa Najmiddin Rahmonov ismli 51 yashar shaxs cho‘milgani Valya opaning uyiga kiradi. O‘tkir Amonov uni ham o‘sha joyda o‘ldiradi,” deydi mudhish manzarani tasvirlagan Izboskan tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi.

Izboskan tumani ichki ishlari ma’lumotiga ko‘ra, “qotil o‘sha kunning o‘zidayoq, tezkor qidiruv amaliyoti natijasida qo‘lga olingan va barcha ayblarga iqror bo‘lgan”.

Tergov ishidan ma’lum bo‘lishicha,28 yashar O‘tkir Amonov muqaddam Rossiyada sudlangan.

U Rossiyada bir ayolni jinsiy zo‘rlashda aybdor deb topilib, 2009 yildan 2015 yillar orasida hayotini panjara ortida o‘tkazgan.

Agar mahkama tomonidan aybdor deb topilsa, O‘tkir Amonov 15 yildan 25 yilga qadar yoki bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG