Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:57

Sibirda qullik sharoitida qolgan o‘zbeklar yordam so‘ramoqda


Irkutsk viloyatining Usolye-Sibirskoe tumanida qullik sharoitida qolgan 17 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri yordam so‘rab, Ozodlikka murojaat qildi. Muhojirlarga ko‘ra ish beruvchi tomoni o‘zbekistonliklar pasportlarini tortib olgan, otib tashlash tahdidi bilan muhojirlarning boshqa joyga chiqib ketishlariga ijozat bermagan.

21 yoshdan 51 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar avtobusda Farg‘onadan Irkutsk viloyatining Usolye- Sibirskoe tumaniga shu yilning iyun oyida kelishgan.

Farg‘onalik Zokirjonning aytishicha, o‘zbekistonliklar 2 oydan ortiq qullik sharoitida ishlashgan, biroq ular maoshlaridan voz kechishganiga qaramasdan ish beruvchi tomoni muhojirlarni chiqib ketishlariga ijozat bermayotir.

- Juda xarob ahvolga qoldik. Ish beruvchi, Imran degan kavkazlik kishi bizni ertalab 8 dan to 8 kechqurungacha ishlatadi. Umuman tinim bermaydi. Mashinasida to‘pponcha, pichoq olib yuradi, bizga baqirib-chaqirib, otaman deb hammani qo‘rqitib olgan. Keganimizdan buyon bir tiyin pul berish degan narsa yo‘q. Hozir yashirinib, tashqariga chiqib telefon qilayapmiz. Iyun oyida kelganmizda, har oyida kamida 200 dollardan pul beramiz, xarajat firma hisobida deb va’da qilgandi. Birinchi kunlardanoq aldanganimizni sezdik. Yarim och ishlashga majburmiz. Odamni xo‘rlab tashladi. Ishimiz qurulish ishlari, boshimizga turib qattiq ishlatadi. Turadigan joyimiz uchun ham o‘z yonimizdan pul to‘laymiz. Pasportlarimizni umuman bermayapti, bizni ozod qilishsin, shuni o‘tinib so‘raymiz, ishlagan haqqimiz ham kerak emas, Bular pul ham bermaydi-yu aslida, uyga yetib borsak bo‘lgani. Biz bilan ishlayotan o‘zbekistonliklar ham bor, ular 8 oydan buyon ishlayapti, ularga ham pul bergani yo‘q, uyga ketgani ham qo‘ymayapti,dedi Farg‘onalik Zokirjon.

30 yoshli Baxtiyor o‘zbekistonlik quruvchilar uchun ovqat pishiradi. Uning aytishicha o‘zbekistonliklar yarim och holda mehnat qilishadi.

- Yeganimiz faqat makaron bilan no‘xat, quyiq ovqat qilinmaydi, 17 odamga , 5 litrli yog‘ 1 oyga beriladi, 200 gr choy 15 kunga yetkazish kerak. Kartoshka, piyoz, karamni daladan borib o‘zimiz terib kelayapmiz. “Kerak bo‘lsa borib daladan o‘g‘irlab kelasan”- deb aytayapti ish beruvchi Imran. Umuman sabzavot bermayapti, oldin nonvoychilik qo‘limdan kelgani bois, bolalarga un olib o‘zbekcha non pishirib berayapman, bolalar shu non bilan tirik.Pasportlarimizni tortib olgan, ketgani qo‘ymaydi. Bizni Sirdaryolik Vali degan vositachi odam keltirdi. U telefonimizni ham tortib olmoqchi, qo‘lida to‘pponchasini ko‘rsatib, bizni qo‘rqitadi, nima qilishimizni ham bilmayapmiz,- deydi Baxtiyor.

O‘ta mushkul ahvolda qolgan muhojirlar Farg‘ona viloyati ichki ishlar vazirligi viloyat boshqarmasi ishonch telefoni bilan bog‘lanib, avtootvechikka o‘z muammolarini aytib berishgan, lekin biror natija bo‘lmagan.

Ozodlik Irkutsk viloyati o‘zbeklar milliy-madaniy markazi rahbari Yusup Qulmatov bilan bog‘landi.

Qulmatov janoblari Usolye-Sibirskoe tumanida qullik sharoitiga tushgan o‘zbeklar muammosidan xabardor bo‘lgani va shu kunlarda yerga jo‘nashini bildirdi.

- O‘zbekistondan bolalar ish beruvchi firma taklifi bo‘yicha kelishgan. Ba’zilari uchun vaqtincha ishning yo‘qligi sabab, kvartirada saqlab turishgan. Ish topilgandan keyin, firma o‘zbekistonlik bolalarga ishlash ruxsatnomasi (patent), imtihon topshirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish kabi hujjatlarni o‘z hisobidan tayyorlagan. Firma egalari o‘zbekistonliklar hujjatlarini tayorlash uchun bir oylik maoshlari, ya’ni 30 ming rubl sarflanishini aytgan. Menimcha firma egasi ana shu sababli o‘zbekistonlik muhojirlar pasportlarini olib qolgan. Biroq bir oy mo‘hlat o‘tgandan keyin, ularga sarflangan mablag‘ni qoplangandan so‘ng ham o‘zbekistonliklarga javob berishmagan. Bu albatta, qonunga xilof ish. Lekin firma va o‘zbek muhojirlari orasida mehnat shartnomasining imzolanmagani, ish beruvchining jinoiy javobgarlikka tortilishini qiyinlashtiradi. Men shu kunlarda Usolye-Sibirskoe tumanida qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar oldiga borib, ular muammolarini yechishga harakat qilaman, dedi Yusup Kulmatov.

Irkutsk viloyati o‘zbeklar milliy-madaniy markazi rahbari maslihatiga ko‘ra ish beruvchi tomonidan aldanmaslig uchun mehnat muhojirlari, ishlayotgan ob’ektlarida o‘z mehnat jarayonlarini bosqima-boqich boshdan oxir video yo suratga olishlari kerak.

Sud jarayonida olingan suratlar isbot sifatida qo‘llanishi mumkin.

XS
SM
MD
LG