Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:29

Kreml AQSh rasmiylarining Putin korrupsioner, degan fikrlarini "yaramas va tahqiromuz", deya atadi


Kreml Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni korrupsiyada ayblagan AQSh rasmiylarining bayonotlarini “yaramas va tahqiromuz”, deya atadi.

Oq uy matbuot kotibi 28 yanvar kuni qilgan chiqishida AQSh Moliya vazirligi rasmiysining Putinni korrupsiyaga aloqador ekaniga doir gaplari Obama ma’muriyati pozitsiyasiga to‘la mosdir, deya bayon qildi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 29 yanvar kungi matbuot anjumanida Oq uy vakiliga javoban “mazkur bayonot yaramas va tahqiromuzdir”, deya ta’kidladi. “Umuman olganda, xorijda Rossiya prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘ra boshlashganini ko‘rib turibmiz, vaholanki, saylovlarga hali ikki yil bor”, deya ta’kidladi Peskov.

“Kelgusidagi saylov kampaniyasi paytida bosim va ta’sir o‘tkazish maqsadida davlatimiz rahbariga qarshi salbiy narsalar to‘planayotgani aniq ko‘rinib turibdi”, deya qo‘shimcha qildi u.

AQSh Moliya vazirligining terrorchilik va moliyaviy jinoyatlarga qarshi boshqarmasi rahbari Adam Shubin 26 yanvar kuni BBC Panorama dasturiga bergan intervyusida Putinni “korrupsiyaning namunasi”, deya atab, xufiyona boylik sohibi, korrputsiyalashgan hamda o‘z harakatlarini do‘stlari va siyosiy safdoshlarini boyitishga qaratganlikda aybladi.

XS
SM
MD
LG