Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:30

Bolalarni pulga sotish jinoyatiga jamiyat ko‘nikmoqdami?


BahsOnlinening bu galgi sonida bolalarning pulga sotilishiga jamiyat ko‘nikmoqdami, degan savol bahs qilinadi. Bola sotayotgan o‘zbeklar ustidan O‘zbekiston va Rossiyada o‘tayotgan jinoyat ishlari “o‘zbeklar bolajon xalq” degan imidjga putur yetkazdimi?

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 13 yanvar, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Bolalarni pulga sotish jinoyatiga jamiyat ko‘nikmoqdami, degan savol ustidagi bahs ijtimoiy tarmoqlarda ham avj olganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekistondagi “Huquq” nashrining yozishicha, besh farzandning onasi Xolida Zaripova, oltinchi farzandga homilador bo‘lgach, singlisi bilan maslahatlashib, bolani sotishga qaror qilgan. Rejaga muvofiq, bolaning onasi 1800 dollar, o‘rtadagi “dallol” Ahrorova esa 400 dollar olishi kerak bo‘lgan.

Ammo jinoyatchilar qo‘lga olingan va tegishli jazoga tortilgan. Bu O‘zbekistondagi bola sotish bilan bog‘liq ilk holat emas.

Bundan bir oy oldin Samarqand viloyati Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limida onasi tashlab ketgan chaqaloqni 1,5 million so‘mga sotish fakti bo‘yicha aybdorlar jazoga tortilgan edi.

Hukumat nashrlariga ko‘ra¸ o‘tgan yili Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 21 yashar ayol besh oylik bolasini 700 dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan.

Bundan oldin Ozodlik Toshkent shahar jinoyat ishlari sudi bola sotish bilan shug‘ullangan 12 kishilik guruhning 6 a’zosini 7 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilgani haqida yozgan edi.

Rossiyadagi o‘zbek mehnat muhojirlari orasida ham bolasini sotish voqealari uchrab turadi.

Ayni paytda, Afg‘onistonning Maymana viloyatidagi o‘zbeklar ham bolasini sotib kam ko‘stiga yarataëttgani haqidagi habarlar Kabul matbuoti sarlavhalaridan o‘rin oldi.

Xo‘sh¸ bolalarning pulga sotilishiga jamiyat ko‘nikmoqdami¸ degan savol javobini sizdan ham kutamiz.

XS
SM
MD
LG