Линклар

Шошилинч хабар
03 июл 2025, Тошкент вақти: 11:33

O‘zbek so‘mi bir haftada dollarga nisbatan 15 foizga qadrsizlandi


O‘zbekiston qora bozorida so‘nggi bir hafta ichida o‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan 15 foizga qadrsizlandi. Yil boshida qiymati 5300 so‘m bo‘lgan dollar shu kunlarda 6100 so‘mdan oshib ketgani aytilmoqda. O‘zbekiston qora bozorida dollar kursining so‘mga nisbatan oshishi neft narxlarining keskin pasayishi hamda rus rublining qadrsizlanishi manzarasida yuz bermoqda.​ Dunyo bozorida neft narxi yana tushadigan bo‘lsa bu xol O‘zbekistonda ham so‘mning dollarga nisbatan qurbi tushishiga olib keladi, demoqda tahlilchilar.

O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning milliy so‘mga nisbatan real qiymatini belgilovchi "qora bozor"da 12 yanvar kuni 1 AQSh dollarining kursi 6100 so‘mdan oshib ketdi.​

- Hozir olish 6100, sotish 6200 so‘m bo‘lyapti, - deydi Toshkentning Chorsu bozoridagi savdogarlardan biri.

Kuzatuvchilar kelasi oylarda O‘zbekiston qora bozorida AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati yana oshishini bashorat qilishmoqda.

Dunyo bozorida neft narxi yana tushadigan bo‘lsa bu xol bilvosita O‘zbekistonda so‘mning qurbi tushishiga olib keladi, deydi qozog‘istonlik iqtisodchi Saparboy Jubaev.

- Buni hammasi neftga bog‘liq bo‘lyapti. Chunki, O‘zbekiston iqtisodi Rossiya rubliga, Rossiya rubli neft narxlariga bog‘liq. Shuning uchun, neftni tushishi, rublni tushishiga, rublni tushishi esa o‘z navbatida o‘zbek so‘mini tushishiga sabab bo‘lyapti, - deydi Jubaev.

12 Yanvar kuni Brent nefti 2,5 foizga arzonladi. Shu kuni 1 barrel Brent nefti 32 dollarni tashkil etdi. Buni oqibatida Rossiya rublining qurbi keskin pasayib ketdi. Hozirda Rossiyada bir AQSh dollarining kursi 77 rubldan oshib ketgan.

– Rossiyadagi mehnat muxojirlari O‘zbekistonga mablag‘larni asosan AQSh dollarida jo‘natadi. Rossiyada rubl qadrsizlanar ekan o‘z o‘zidan mehnat muxojirlari yuborayotgan pul hajmi ham kamyadi. Bu esa O‘zbekiston valyuta bozorida taqchillikni yuzaga keltirib, dollarga talabni oshiradi, - deydi qozog‘istonlik iqtisodchi Saparboy Jubaev.

So‘nggi yillarda Rossiyadan mehnat muhojirlari yuborgan pul-mablag‘lar o‘zbek so‘mini butunlay barbod bo‘lishdan asrab qolgan omil sifatida ko‘riladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yilda birgina Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari O‘zbekistonga kamida 2 milliard AQSh dollari jo‘natgan.

O‘tgan yili esa bu raqam ikki baravar kam, ya’ni 1 milliard dollarni tashkil etgan.

Saparboy Jubaevga ko‘ra, agar Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat o‘nglanmasa, O‘zbekiston "qora bozori"da dollar narxi ko‘tarilishda davom etadi.

Ayni paytda O‘zbekistonda AQSh dollarining hukumat belgilagan kursida o‘zgarish yo‘q.

12 yanvar kuni Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kurs 2821 so‘m 43 tiyinni tashkil etdi.

O‘tgan hafta davomida O‘zbekistonga qo‘shni davlatlarda ham AQSh dollarining kursi keskin oshdi.

Qozog‘istonda bir AQSh dollarining qiymati 314 tangadan 367 tanggaga, Qirg‘izistonda 70 so‘mdan 76 so‘mga, Tojikistonda 6 somondan 7.5 somonga, Turkmanistonda 3.5 manatdan 4.2 manatga, Rossiyada 70 rubldan 77 rublga ko‘tarildi.

XS
SM
MD
LG